Sönggi olti yilda, ya’ni Garet Sautgeyt jamoaga kelgandan keyin Angliya bir marta Yevropa çempionati finalida, bir marta mundial yarimfinalida öynadi. Qatardagi jahon çempionati çorak finalida Fransiyaga teng kuraşlarda 1:2 hisobida boy berdi. Angliyaning tarixdagi istalgan olti yillik davrini oling, bundan yaxşiroq natijalarni topa olmaysiz. Lekin Garet Sautgeyt menimça, futbol tarixidagi Angliya murabbiylari içida eng köp tanqidga uçragani bölsa ajab emas – şunday yulduzli tarkib bilan bundan ham yaxşiroq bölişi mumkin edi.
Rostdan ham, hatto Deşam ham havas qilsa kerak, axir uçta eng yaxşi liganing eng yaxşi öyinçilari tarkibda, birdaniga uç futbolçi – Bellinhem, Keyn va Foden «Oltin töp» kuraşida kuçli önlikdan joy olişsa ajab emas. Bu tarkib bilan Angliya çempion bölişi kerak. Doim çempion bölişi kerak. Sautgeyt esa mana şunday iqtidorli avlod salohiyatini kömiş bilan şuğullanyapti.
Yana boşqa tarafdan qaraganda, qanaqa oltin avlod, axir doim inglizlarda yorqin futbolçilar bölmaganmi? Jyerrard, Lempard, Bekhem, Ouen, Runi – hammasi ingliz futboli afsonalari va birga töp surganlar ham. 2007-2009 yillarda Çempionlar Ligasi yarimfinalida tarkibi angliyalik yulduzlar bilan töla bölgan uçtadan ingliz jamoasi öynagan va Yevro-2008 final bosqiçiga Angliya çiqa olmagan ham, tasavvur qilyapsizmi? Terri, Ferdinand yoki Eşli Koul oldiga Tripe yoki Geyi, Maguayrni qöya olasizmi? Öşa tarkiblar ham mundialda yarimfinalni körmagaç, Sautgeytga Foden, Saka yoki Palmerni minnat qilişimiz qançalik töğri?

Aslida gap boşqa yoqda. Sautgeyt avvalgi hamkasblaridan farqli ravişda, yaqqol körinib turgan, hammaga tuşunarli va yoqimli qarorlarni qabul qilmayapti. U juda xavfli yuriş qilmoqda – yo millat qahramoni bölasan yoki bir neça oy ötib, nafrat daryosida çömilasan.
Ziddiyat ham şunda: hamma savol beradi – nega Trent Aleksandr-Arnold asosiy tarkibda öynamaydi, nega Sanço jalb qilinmayapti, Maguayrga işonç qayerdan, Griliş yoki Meddison nega Yevroga olib kelinmadi va hokazo. Nafaqat tarkibni, futbolçilarni tanlaşda, balkim, öyinlarga bölgan munosabatlar ham tuşunarsiz – Angliya şu qadar ehtiyotkorki, xuddi agar ustunlik boy berilsa, boşqa gol urişga işonç yöqdek.
Ikki öyinda Angliya örtaça 0.72 xG qayd etdi. Raqiblar – Daniya va Serbiya ham öziga yaraşa kuçli jamoalar, lekin bilasizmi, Premer-ligada «Luton Taun»ning örtaça körsatkiçi 1.36 xG ga teng ekan. Ammo qarang, boşqa tarafdan, mana şu öyinlarda inglizlar himoyada örtaça 0.44 xG qöyib yubordilar. Bu turnirda eng yaxşi körsatkiç, hatto Fransiya va Ispaniyadan ham yaxşiroq. Xulosa qiliş mumkinki, Angliyaning bu zerikarli, ehtiyotkor öyini – tanlov mevasi, ataylab qilinmoqda, ya’ni öyinning yomon taşkil etilganidan emas. Bunday tanlov va qarorlar qaçonki, jamoa kubokni boşi uzra kötarganda murabbiyni dahoga aylantiradi, aksinça holatda esa savollar yanada baland ovozda yangrayveradi, yangrayveradi.










