Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Ukraina va Moldova bilan a’zolik bo‘yicha muzokaralarga tayyorlanmoqda
Yevropa Ittifoqi 25 iyunga belgilangan hukumatlararo konferensiyalarga rasman tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. Ular Ukraina va Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar starti bo‘ladi.
Foto: Ludovic Marin/AFP/Getty Images
21 iyun, juma kuni Lyuksemburgda yig‘ilgan YeI Iqtisodiy va moliyaviy kengashi Ukraina va Moldova bo‘yicha muzokaralar jarayonini ma’qulladi, deb xabar berdi DW’ga YeIdagi diplomatik manba. Bu tomonlar 25 iyunga belgilangan hukumatlararo konferensiyalarga tayyorgarlikni rasman boshlashi mumkinligini anglatadi, jarayon esa ushbu nomzod mamlakatlarning YeIga kirishi bo‘yicha muzokaralar rasmiy starti bo‘ladi.
Keyinchalik, Yevropa Ittifoqi kengashiga raislik qilayotgan Belgiya X ijtimoiy tarmog‘ida bo‘lajak hukumatlararo konferensiyalar tafsilotlarini e’lon qildi. Shu tariqa, Ukraina bilan konferensiya 25 iyun kuni soat 15:30 ga, Moldova bilan esa 18:00 ga belgilangan. Ular Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqi kengashi yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Bir hafta avval Belgiya Ukraina va Moldova bilan hukumatlararo konferensiyalar o‘tkazish sanasini Yevropa Ittifoqi davlatlarining doimiy vakillari Ukraina va Moldova bo‘yicha muzokaralar asosi yuzasidan kelishib olganidan so‘ng e’lon qilgan edi.
Mavzuga oid
16:55 / 23.01.2026
“Jangda o‘layotgan hamyurtlarimiz juda ko‘p” - Ukrainadagi urushdan qochishga muvaffaq bo‘lgan yigit hikoyasi
16:47 / 23.01.2026
Kaya Kallas: “Jazosizlik bo‘lmasligi kerak” - YeI tribunalga 10 mln o‘tkazdi
13:28 / 23.01.2026
Sud “Moskva” kreyseriga qilingan hujumda 20 kishi halok bo‘lganini tan oldi
08:43 / 23.01.2026