Adliya vazirligida «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonun yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonunda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalarni davlat organlari va tashkilotlarda o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Foto: Adliya vazirligi
«Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonun ijrosini samarali tashkil etish, qonun bilan belgilangan talablarni davlat organlari va tashkilotlarida joriy etishda xodimlarning huquq va manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, qonunni amalga kiritishga har tomonlama va puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston prezidentining 2024 yil 5 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 210-sonli qarori tasdiqlangan.
Mazkur qarorga asosan, «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tuzilib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Adliya vazirligi mazkur komissiyaning ishchi organlari etib belgilandi.
Shu bilan birga, ushbu qonunda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalarni davlat organlari va tashkilotlarda o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzildi.
26 iyun kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev rahbarligidagi O‘zbekiston Respublikasi «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi qonunda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalarni davlat organlari va tashkilotlarda o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ishchi guruh a’zolari tomonidan mazkur qonunning mazmun-mohiyatini vazirliklar va idoralar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbar va mas’ul xodimlariga yetkazish hamda kelgusida o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp YeI bilan savdo kelishuviga erishishiga «100 foiz» ishonch bildirdi
Jahon | 09:20
-
«Sumi uchun qasos»: Ukrainaning Shuya va Kurskka zarbalari haqida
Jahon | 09:06
-
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi
O‘zbekiston | 09:04
-
Tramp Ukraina bilan yerosti boyliklari bo‘yicha bitim imzolanishini e’lon qildi
Jahon | 08:40
Mavzuga oid

11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi

10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi

16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:18 / 07.03.2025