Darxonbek Mamataliyev hozir 27 yoşda. U Toşkent viloyatining Angren şahrida tuğilib ösgan. 2015 yilda INHA universitetetini bitirib, 2017 yilda Amerikaning Super Dispatch kopmaniyasiga işga kirişga muvaffaq böladi. Darxonbekning Angrendan Amerikagaça bosib ötgan yöli haqida öz hikoyasi bor.
“Öqiş davridan faol talaba bölganman”
Maktab va kollej ta’limini Angrenda olganman. 2015 yilda INHA universitetiga öqişga kirdim. Universitetni a’loga bitirdim. Öqiş davrida yangi narsa örganişga, yangi mahoratlarni özlaştirişga juda qiziqqanman. Şuning uçun 1-bosqiçligimdayoq ustozim Farhod Musayev bilan Codecraft loyihasini işga tuşirganmiz. Bu orqali Özbekistonda birinçilardan bölib bolalarga dasturlaşni örgatişni boşlaganmiz. 2 yil içida 500dan ortiq bolani öqita oldik. Şu vaqt mobaynida dasturlaş böyiça darslik tuzişga kirişdim. Bir darsligimni Microsoft körgazmasida ham namoyiş qilib, öqituvçilik sertifikatini qölga kiritdim.
2 yillik dars beriş jarayonidan keyin, özimdagi bor bilimlarni bolalarga örgatib bölganimni va endi yangi narsa örganişim kerakligini seza boşladim. Şunday qilib 2017 yilda AQŞning Özbekistondagi Super Dispatch kompaniyasida tajriba qiliş uçun işlab kördim. Bu yerda 6 oy iş örganuvçi, 1,5 yil esa dasturçi bölib işladim.
AQŞdagi kompaniyalardagi ilk işi
Öqişni bitirgaç, köp kompaniyalarga iş uçun ariza topşirib kördim, lekin qabul qilinmadim. Keyin tavsiyanomalar orqali ariza topşirişni boşladim. Ya’ni siz işga kirmoqçi bölgan kompaniyada işlaydigan odam sizga tavsiyanoma beradi. Menga Microsoft vakili tavsiyanoma bergan. Uni şu odam bilan işlaydigan yaqin döstim orqali topganman. Şundan keyin EPAM’da işlaydigan kişi men bilan boğlanib, suhbat qilgan va menga kompaniyadan qönğiroq bölgan. Suhbatlardan ötib, 2019 yilda EPAM’ning Pensilvaniyadagi ofisida dasturçi bölib işga kirganman.
Uber’ga işga joylaşiş
EPAM’da işlayotganimda pandemiya boşlanib qoldi. Öşanda uyda ötirişga majbur bölganmiz. Yaqin döst tanişlar köp emas, zerikarli hayot tarzi boşlangan. Nima qilişni bilmay Amazon, Meta, Apple, Uber kabi katta kopmaniyalarga işga kirişga tayyorlanişni boşladim. Bir neçta yirik kompaniyalar bilan suhbatlar böldi va oxirida 2 ta kompaniyadan işga taklif qilişdi. Ularning bittasi Uber edi va özimga yoqqani uçun uni tanladim. Bu yaxşi tanlov böldi, u yerda ösdim. Katta loyihalar qildik, men qatnaşgan loyihalar kompaniyaga yiliga 75 mln dollar olib kelyapti.
“Uber’da kommunikatsiyani örgandim”
Uber’da 5 kişilik loyihani boşqardim, işçilar orasida özimdan tajribali dasturçilar ham bor edi. Bu yerda işlaş davomida şuni tuşundimki, yaxşi dasturçi uçun faqat kod yozişning özi yetarli emas, kommunikatsiya ham muhim ekan. Kommunikatsiyani bilmaganim sabab köp dakki eşitişimga töğri kelgan. Menga berilgan katta loyihani boşlab qöyib, rejalangan vaqtgaça tugatib berolmaganman. Şunda menejerimiz audit qilib, ulgurmayotgan bölsang, ayt, yordam beramiz, buning uçun seni urişmaymiz, qöllaymiz, jamoa beramiz yoki muddatni özgartiramiz, degan. Kuçim, aqlim yetmaydigan boşqa işlarda ham yordam söramasdan özim qilaman deb ötiraverganman. Çunki öşanda şu narsani qilolmasam, meni kuçsiz deb öylaşadi, degan tafakkur bölgan. Lekin bu bölmağur fikr. Mana şunday qilib, kommunikatsiyani örganganman. Köp xato qilganman, lekin bu foydali bölgan.
“Tor doirada qolib ketişni xohlamadim”
Uber’da dastur, ilovaning körinişi, mijozlarga körinadigan qismlar ustida işlardim. 3 yillik iş faoliyatidan keyin butun tizim böyiça işlaydigan jamoaga ehtiyoj seza boşladim. Tor doirada işlagim kelmay qoldi. Lekin Uber’da bunday jamoada böş örin bölmagan. Şundan söng bunday imkoniyatni taşqaridan, boşqa kompaniyalardan izlay boşlaganman. Bir neçta kompaniyalarni körib, oxirida TikTok’da özim izlagan jamoani topganman. Hozir TikTok’da butun iOS dasturining mobil arxitekturasi va infrastrukturasi ustida işlaymiz.
Oldin kompaniyaning obrösi, maşhurliliga qarardim, lekin Uber’da işlab bildimki, muhimi kompaniya emas jamoa ekan. Şu bilan birga, menejer tanlaş ham muhim. Menejyer xodimning kompaniyadagi ösişi, örniga katta ta’sir qiladi. Juda yaxşi işlasangiz ham, menejer yaxşi bölmasa, kompaniya içida ösmay qolib ketasiz.
“Ösmoqçi bölgan odam köp işlaşi kerak”
TikTok Xitoy kompaniyasi bölgan uçun u yerda muhit boşqaçaroq. Xitoyliklar qattiqroq işlaydi, amerikaliklarga bu narsa yoqmaydi. Amerikaliklar soat 17:00da işdan ketadi, undan köp işlansa, bu yaxşi kompaniya hisoblanmaydi. Men uçun köproq işlaş ham normal holat, çunki men ösmoqçiman, dam olmoqçi emasman. Kompaniyaning Xitoydagi boş ofisiga borib keldim. Aholi köp, raqobat kuçli. Odamlar özini yaxşiroq xodim sifatida körsatiş uçun ham köproq işlaşar ekan. Bu samaralimi-yöqmi, bilmadim, lekin ularning işlaş usuli şunday.
Katta kompaniyalarga işga kiriş
Dasturçilarga katta kompaniyalarga işga kirişga yordam beradigan loyiham bor. Birinçi şogirdim ötgan yili, 6 oy davomida köp kompaniyalardan suhbatdan ötib, hozir Meta kompaniyasida işlayapti. Bunda qayerda böliş unçalik muhim emas. Suhbatlar, rezyumelar qanday bölişini bilsa, katta kompaniyalarga Özbekistonda turib ham işga kiriş mumkin.
Işga taklif olgan odam oylik borasida kompaniya bilan savdolaşişi kerak. Masalan, özim Uber bilan savdolaşib, yillik daromadimni 30 ming dollarga oşirganman. TikTok’ka kirişdan oldin ham köp kompaniyalar bilan suhbatlaşganman. Meta işga kirişga bir martalik bonus uçun 70 ming dollar taklif qilgan. Ya’ni boşqa kompaniyalarga ham topşirib, taklif olib turiş kerak. Şunda kompaniya boşqa joyga ketib qolmasligingiz uçun köproq taklif qiladi. Agar siz uçun yagona tanlov özi ekanini bilsa, past mablağ taklif qiladi.
“Yuqoriroq darajaga çiqiş niyatim bor”
AQŞ imkoniyatlar mamlakati deyişadi, lekin bu undan qançalik eplay oliş va foydalana olişga boğliq. Menimça, odam qiyinçilik körgan, yaxşi ma’noda yangilikka, işga oç bölişi kerak. Men ham Uber’dagi komfortimda ötiraversam bölardi, lekin yana nimadir qilişim kerakligi haqida öylardim. Hozir yana yuqoriroq darajaga çiqiş niyatim bor.
Zuhra Abduhalimova, suhbatlaşdi.











