Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donald Tramp: TikTok AQShda ishlashda davom etadi
TikTok egasi - Xitoyning ByteDance konserni aktivlari Amerikaning yirik kompaniyalariga o‘tkaziladi, deya ma’lum qildi AQSh prezidenti brifingda. Kelishuv 45 kun ichida amalga oshiriladi, deb xabar beradi CNBS.
Xitoyning TikTok qisqa videoroliklar platformasi AQSh bozorida qoladi. Bu haqda Oq uydagi brifingda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi. Bu qaror Vashington va Pekin o‘rtasidagi uch oylik muzokaralardan so‘ng qabul qilindi.
TikTok egasi - Xitoyning ByteDance konserni aktivlari Amerika kompaniyalariga o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda. “Biz TikTok bo‘yicha kelishuvga erishdik”, dedi Tramp. "Bizda TikTok'ni sotib olmoqchi bo‘lgan yirik kompaniyalar guruhi bor". U kelishuvning boshqa tafsilotlarini oshkor qilmadi.
Bitim amalga oshirilishini ta’minlash uchun Oq uy AQShda TikTok taqdiri bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish uchun Tramp belgilagan muddatni to‘rtinchi bor uzaytirdi. CNBS ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi muddat 45 kun. Reuters xabariga qaraganda, AQSh va Xitoy o‘rtasida bu borada murosaga kelish bahordayoq mumkin edi. Biroq, Tramp Xitoy tovarlariga yuqori tariflar joriy etish rejasini e’lon qilganidan so‘ng, Pekin hukumati TikTok bitimiga rozi bo‘lishga tayyor emasligini ochiq aytdi.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026