2025 yilning yanvar-sentabr oylarida 73 ta xorijiy kompaniya tomonidan 124,8 mlrd söm soliq tölangan. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 44 foizga köp.

Hisobot davrida TikTok ijtimoiy tarmoği ham 2 mlrd 645 mln söm soliq tölab, eng yirik soliq tölovçilar öntaligiga kirgan. Uşbu platforma 2021 yilning yozidan beri Özbekistonda rasman bloklangan, ammo 2023 yilda soliq tölovçi sifatida röyxatdan ötgan.

Soliq qömitasining Kun.uz’ga izoh berişiça Soliq kodeksining 281-moddasiga köra Özbekistonda elektron xizmatlar körsatuvçi xorijiy kompaniyalar elektron körinişda soliq tölovçi sifatida röyxatdan ötadi. Ular uçun maxsus onlayn platforma (imkoniyat) yaratilgan. «Ular özlari ixtiyoriy röyxatdan ötadi va belgilangan miqdordagi soliqlarni tölaydi», deyiladi qömita izohida.

Ma’lumot uçun, Özbekistonda 2021 yil yozida TikTok, Twitter, Skype, WeChat va Vkontakte tarmoqlariga çeklov qöyilgandi. Bunga «Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida»gi qonunga kiritilgan 27-1-modda sabab bölgandi. Unga köra, Özbekiston fuqarolarining şaxsiga doir ma’lumotlar jisman Özbekiston hududida joylaşgan serverlarda saqlanişi belgilangan. Bu talabni ayni paytgaça birorta global ijtimoiy tarmoq bajargani ma’lum emas. 2021 yilning 3 noyabrida Telegram, YouTube, Instagram, Facebook va Odnoklassniki tarmoqlariga ham tösiq qöyilgan va bu katta rezonans keltirib çiqargan edi. Natijada tösiq şu kunning özida olib taşlanib, qator mansabdorlar işdan olingandi. Ayni paytda Şaxsga doir ma’lumotlar sub’yektlari huquqlarini buzuvçilar reyestrida faqat TikTok qolgan.