Germaniyada 15 yoshli o‘smir teraktni rejalashtirgani uchun 4 yilga qamaldi
Kyoln sudi o‘smirni Leverkuzendagi rojdestvo bozoriga hujum qilish niyatida va Germaniyada taqiqlangan IShID belgilaridan foydalanganlikda aybdor deb topdi. Hukm hali yakuniy tarzda kuchga kirgani yo‘q.
Kyoln yer sudi Leverkuzen shahridagi rojdestvo bozoriga hujum uyushtirishni rejalashtirgan 15 yoshli o‘smirni 4 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda epd agentligi 28 iyun, juma kuni sud materiallariga asoslanib xabar berdi. Hukm hali yakuniy emas, deya aniqlik kiritmoqda agentlik.
Sudda taqdim etilgan dalillarga ko‘ra, o‘smir 2023 yilning kuzida «radikallashgan» va 16 yoshli sherigi bilan birgalikda Leverkuzenning Opladen tumanidagi rojdestvo bozorida terakt uyushtirishni maqsad qilgan. Ularning rejalari yuk mashinasini ijaraga olish edi, uni ayblanuvchi ko‘plab odamlarni o‘ldirish uchun yarmarka haydamoqchi bo‘lgan. Sherigi jinoyatni keyinchalik e’lon qilish uchun suratga olishi kerak edi, deya aniqlik kiritdi sud.
Potensial terrorchilar hujumdan keyin Germaniyani tark etishni rejalashtirgan
Hukm shuningdek, yosh yigitning Germaniyada taqiqlangan IShID terrorchilik guruhi timsollaridan foydalangani uchun sudlanishini ham o‘z ichiga oladi. Sud materiallariga ko‘ra, o‘sha davrda ayblanuvchi ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlardan birida IShID logotipi tushirilgan fonda yaqinlashib kelayotgan hujum haqida e’lon qilgan videoni joylashtirgan.
Yopiq eshiklar ortida o‘tgan asosiy sud majlisida muqaddam sudlanmagan ayblanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi. 15 yoshli o‘smir hozirda hibsda, deb xabar qildi sud. Uning 16 yoshli sherigi ham Brandenburg federal yeri hududida hibsga olingan.
Prokurorlarning aytishicha, har ikki o‘smir ham hujumdan so‘ng Germaniyani tark etib, Afg‘onistondagi IShID guruhi tarmog‘iga qo‘shilishni rejalashtirgan.
Germaniyada yirik teraktlar
Germaniyada so‘nggi yirik teraktlardan biri 2016 yilning 19 dekabrida sodir bo‘lgan edi. Tunislik Anis Amri boshqargan yuk mashinasi Berlin markazidagi Braytshaydplatsda rojdestvo bozorida olomonga borib urilgan. Terakt oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 50 ga yaqin kishi jarohatlandi. Birinchi qurbon polshalik haydovchi Lukash Urban bo‘ldi, terrorchi uni yuk mashinasini olib qochayotgan paytda o‘ldirgan. Amrining o‘zi keyinroq Milanda politsiya bilan otishma paytida o‘ldirilgan.
RedaktionsNetzwerk Deutschland (RND) media-guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 7 dekabrga qadar Germaniyada tahdid keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan 486 nafar radikal aniqlangan. Federal jinoiy idora Isroil va HAMAS tashkiloti o‘rtasidagi mojaroning kuchayishi ba’zi radikallar tomonidan «hujumga undash» sifatida qabul qilinishi mumkinligidan xavotirda. 2023 yil oktyabr oyidan beri ayrim yoshlar kayfiyati radikallashgan, deya qayd etadi Germaniya rasmiylari.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid
17:27 / 15.01.2025
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti bo‘yicha 27 ayblanuvchi borligini ma’lum qildi
21:57 / 14.01.2025
General Kirillovga suiqasd ishi bo‘yicha yangi ayblanuvchilar paydo bo‘ldi
11:25 / 06.01.2025
Yangi Orleandagi terakt ijrochisi hujumdan oldin shaharga ikki marta kelgan
11:14 / 03.01.2025