Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroildagi elchixona o‘zbekistonliklarga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qildi
Elchixona Isroildagi mavjud xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat tufayli qator ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya qildi.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mazkur mamlakatda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qildi.
Elchixona Isroildagi mavjud xavfsizlik vaziyati sabab qator ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya qildi:
Ular:
- Isroilning ayrim hududlariga borishdan saqlanish;
- Isroil rasmiylari va O‘zbekiston elchixonasi hamda rasmiy xabarlarini kuzatib borish. Isroil frontorti qo‘mondonligidan bildirishnoma va ogohlantirishlar olish uchun uning mobil ilovasi yoki veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo olib yurish. Favqulodda vaziyatlarda bu tezroq yordam olish imkonini beradi;
- imkon qadar olomondan qochish va jamoat joylariga tashrif buyurishni cheklash.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi aloqa raqamlari: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076. Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: 054-485-1397. Elektron manzil: [email protected]
Mavzuga oid
13:33
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
19:23 / 16.06.2026
AQSh-Eron kelishuvi Netanyahu va Tramp o‘rtasida kelishmovchilikka olib kelmoqda
18:52 / 16.06.2026
AQSh va Eron kelishuvi. Nimalar ma’lum?
17:05 / 16.06.2026