Buxoroda oila qurgan 16 yoshli yigit va 17 yoshli qizning ota-onasiga ma’muriy ish qo‘zg‘atildi
Voyaga yetmagan qiz va yigitning ota-onalariga nisbatan MJtKning 47-3-moddasiga asosan to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan.

Foto: Kun.uz
Avvalroq Kun.uz’ga 2024 yil 29 iyun kuni Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidan bo‘lgan 16 yoshli yigit va 17 yoshli qizning to‘yi bo‘lib o‘tgani haqida video kelib tushgan va bu haqda saytda xabar berilgandi.
Shundan so‘ng, holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida kuzatuvga olingan va Qorako‘l tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.
O‘rganish davomida aniqlanishicha, 2008 yilda Shofirkon tumanida tug‘ilgan A.A. (o‘g‘il bola) va 2007 yilda Qorako‘l tumanida tug‘ilgan R.N. (qiz bola) ikki oilaning o‘zaro kelishuvi asosida nikoh to‘yini o‘tkazgan.
Bugun, 2024 yil 2 iyul kuni voyaga yetmaganlarning ota-onalari N.S. va N.Q. larni MJtKning 47-3 moddasi (Nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish) bilan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan hujjatlar sudga yuborilgan.
“Oila kodeksining 15-moddasiga asosan, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan. Bu qonuniy talabning buzilishi bolaning ta’lim olish, sog‘lig‘ini saqlash hamda jismoniy, aqliy va ma’naviy uyg‘un ravishda kamol topishi huquqlariga mutlaqo ziddir”, deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

21:10 / 01.04.2025
Fuqarolarning hujjatsiz uy-joylarga nisbatan huquqlarini e’tirof etish boshlandi

18:36 / 31.03.2025
Buxorodagi xususiy bog‘chada 1,5 yoshli bola tok urishidan vafot etdi

10:55 / 27.03.2025
Davlat zaxirasidagi 2 gektar yerni 100 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

23:33 / 06.03.2025