22:23 / 02.07.2024
4279

Isroil harbiy rahbariyati HAMAS hokimiyat tepasida qolsa ham G‘azo sektorda otashkesimga erishishni istaydi - NYT

Isroillik generallar G‘azo sektorida tinchlikka erishish istagida, hattoki bu bir muddat HAMASini hokimiyat tepasida qoldirsa ham. Bu haqda The New York Times o‘z manbalariga tayanib yozmoqda.

Foto: Reuters

Generallarga ko‘ra, sulh kelishuvi G‘azoda hamon ushlab turilgan 120 ga yaqin isroilliklarni o‘lik yo tirik bo‘lsa-da ozod qilishning  eng yaxshi yo‘lidir. Nashr Isroil xavfsizlik xizmatining olti nafar sobiq va amaldagi xodimlari bilan intervyudan so‘ng shunday xulosaga kelgan.

So‘ralgan harbiylarning firkicha, TsAHALga uzoq davom etgan urushdan so‘ng tiklanish, shuningdek, «Hizbulloh»ga qarshi quruqlikdan olib boriladigan ehtimolli jangga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt kerak. Nashr hamsuhbatlarining bayonotiga ko‘ra, HAMAS bilan sulh «Hizbulloh» bilan kelshuvga erishishni ham osonlashtiradi — chunki Livan guruhi toki G‘azo sektoridagi harbiy harakatlar yakunlanmas ekan, zarba berishda davlm etishini aytgan.

Harbiylarning o‘t ochishni to‘xtatishga bo‘lgan munosabati ularning so‘nggi oylarda fikri o‘zgarganidan dalolat beradi — Netanyahu hududni urushdan so‘ng boshqaruv bo‘yicha rejaga ega emasligi va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotgani oydinlashib bormoqda, natijada, harbiylar «abadiy urush»dan cho‘chishmoqda, deb yozadi jurnalistlar.

«Harbiylar g‘arovda ushlab turilganlar hamda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni to‘liq qo‘llab-quvvatlashadi. Ular G‘azodagi pauza Livanda mojaro avj olishini to‘xtatishi ehtimoli katta ekanini tushunib turishibdi. Ularda o‘q-dorilar, ehtiyot qismlar, kuch-quvvat ham avvalgidan kamroq, shu sababli G‘azodagi pauza mabodo «Hizbulloh» bilan yirik jang boshlanib ketsa, bizga ko‘proq vaqt taqdim etadi, deb o‘ylashmoqda», — degan Isrolning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi Eyal Hulata.

Material chop etilgach, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu urush to HAMAS jangchilari to‘liq yo‘q qilinmaguncha davom etishini ta’kidladi.

«Bunday bo‘lmaydi. Biz urushni barcha maqsadlarimizga yetishgunimizcha, jumladan HAMASni yo‘q qilib, garovda ushlab turilgan barcha odamlarimizni ozod qimlmagunimizcha davom ettiramiz. Siyosiy rahbariyat bu maqsadlarni TsAHAL oldiga qo‘ygan, TsAHALda bunga erishish uchun barcha vositalar bor. Biz The New York Times ham, boshqa joyda ham mag‘lublik kayfiyatiga tushmaymiz. Biz g‘alaba ruhi bilan to‘lamiz», — degan Netanyahu.

NYT jurnalistlari o‘z materiallarida Netanyahu HAMASni hokimiyat tepasida qoldiruvchi sulh kelishuvidan cho‘chishi, chunki bunday yakun uning hukmron koalitsiyasini barbod qilishini qayd etishgan. Netanyahuning kolitsiya bo‘yicha hammaslaklari Betsalel Smotrich va Itamar Ben Gvir agar voqealar bunday tus oladigan bo‘lsa koalitsiyadan chiqishini avvalroq ta’kidlab o‘tishgan edi.

Mavzuga oid
Top