18:29 / 03.07.2024
5717

Front kengaytirilsa AQSh Ukrainaga Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berishi mumkin

Agar Rossiya armiyasi «front chizig‘ini kengaytirishga urinsa» AQSh Ukrainaga Amerika qurollari bilan Rossiyaning katta hududiga zarba berishga izn beradi, degan AQSh Davlat kotibining Yevropa bo‘yicha yordamchisi Jyeyms O’Brayyen.

Foto: Reuters

«Avvalga bu Rossiya Xarkivga hujum qilish uchun tayyorgarlik ko‘rgan chegaraoldi hududi edi. Agar Rossiya bu front kengaytiradigan bo‘lsa, Ukrainaga uzoqroq masofdalardagi nishonlarga zarba berishga izn beriladi», — degan O’Brayyen Vakillar palatasining xalqaro munosabatlar bo‘yicha qo‘mitasidagi eshittirishlarda.

May oyining oxirlarida AQSh Ukrainaga Rossiya hududiga jumladan ATACMS raketalari bilan zarba berishga ruxsat bergan edi. Biroq, The Washington Post nashrining Kiyevdagi manbalariga ko‘ra, Vashington zarbalar masofasini 100 km bilan chegaralab qo‘ygan. Boz ustiga, Ukraina qurolli kuchlariga raketalardan faqatgina Rossiya qo‘shinlarining Ukraina hududini egallab olish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan joylariga zarba berish imkoni taqdim etilgan.

«Gap geografiya yoki ma’lum bir radius haqida ketmayapti, lekin agar Rossiya o‘z hududidan turib Ukrainaga hujum qilsa yoki hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsa Ukraina chegara ortidan turib o‘ziga zarba berayotgan kuchlarga qarshi javob zarbasi bera olish imkoniyatiga ega», — degan Pentagon vakili mayor Charli Dits.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top