Toshkentda bir-biriga tutash uchta xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi
Hodisa joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Foto: Videodan kadr
Shayxontohur tumanida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Toshkent shahar FVB yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, bugun soat 13:54da Shayxontohur tumani, Quvur ariq 2-tor ko‘chasida joylashgan bir-biriga tutash qurilgan 3 ta xonadonda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan. 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:00da voqea joyiga yetib borgan hamda yong‘in soat 14:25 da o‘rab olinib, soat 14:47da to‘liq o‘chirilgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq Samarqandda sodir bo‘lgan yong‘inda beshta xonadon jiddiy zararlangandi.
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

14:12 / 14.06.2025
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi

11:54 / 14.06.2025
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

16:29 / 13.06.2025