Firibgarlar Payme va Markaziy bank xodimlari niqobida talabaning işonçiga kirib, uning kartasidagi pullar öğirlanib, nomiga mikroqarz olinayotganini aytişadi. Bunga yöl qöymaslik uçun yigitdan Telegram-bot orqali identifikatsiyadan ötiş söraladi. Buni bajargan yigit tez orada uning nomiga 6 ta bankdan 73 mln sömlik kreditlar olinganidan xabar topadi.

Çirçiq davlat pedagogika universitetining 4-bosqiç talabasi Akbarxon Muhammadiyev 2024 yil 25 iyun kuni firibgarlar tuzoğiga tuşadi. Oqibatda uning nomiga 6 ta bankdan katta miqdorda mikrozaym rasmiylaştirilgan.

Fuqaro Kun.uz'ga bergan intervyusida bu jarayon qanday keçgani haqida sözlab berdi. Uning aytişiça, dastlab notaniş raqamdan bir erkak qönğiroq qilib, özini Payme xodimi deb taniştiradi, kiberhujum sabab uning ilovasiga buzib kirişganini aytadi.

“Sizning akkauntingiz, plastik kartalaringizga buzib kirilgan. Qayerdadir qoldirganmisiz yoki kimgadir berganmisiz, dedi. Men yöq deb aytdim, şularni tekşiriş uçun Markaziy bank xodimi bilan ulayman, dedi, Markaziy bank xodimasi ulanib, rusçalab gapirişni boşladi. U ham şaxsiy ma’lumotlarim, plastigimni qayerdadir qoldirganmanmi yoki yöq yoki kimgadir berganmanmi – şularni söradi. Unday emasligini aytdim. Keyin [rus ayol] nomimga kredit rasmiylaştirib olişayotganini aytdi. Şuni bankka kirib, şaxsiy ma’lumotlarimni tasdiqlatişim kerakligini, bölmasa nomimga kredit olib yuborişlarini aytdi.

Keyin ayoldan kimligini söradim, u Telegram'dagi Markaziy bankning botiga [soxta – tahr.] kirsam, iş hujjatlarini, mening nomimga kredit olayotgan odamning ham hujjatini taşlaşini aytdi. Taşladi ham. Şu joyida sizga yöriqnoma körsataman, kirib identifikatsiyadan öting, dedi. Identifikatsiyadan ötganimdan keyin esa SMSlar kelişni boşladi. Keçga borib bilsam, nomimga kreditlar olib taşlaşgan”, – deydi Akbarxon Muhammadiyev.

Şunday qilib, özini Hasanova Dilara Muratovna deb taniştirgan, rus tilida gapirgan ayol xuddiki Markaziy bank xodimasi bölib, yigitni qopqon tomon boşlagan. U suhbat davomida fuqaro oldin kredit olganmi yoki yöq, rasman işlaş joyi mavjudmi, plastik kartalari raqami kabi ma’lumotlarni sörab olgan.

Keyin esa uning nomiga Marufov Abdurasul Ismailoviç ismli şaxs kredit oliş uçun sörov jönatganini, bu sörov kredit bölimida ekanini, agar fuqaroning özi buni rad etmasa, kredit rasmiylaştirilişini aytadi.

Suhbatdoşini işontiriş uçun ayol Markaziy bankda işlaşini tasdiqlovçi va şaxsga doir ma’lumotlari körsatilgan, muhr bosilgan hujjatini (albatta soxta) körsatadi va talabadan Telegram-bot orqali pasport ma’lumotlarini kiritib, Face-ID'dan ötişini söraydi.