19:29 / 04.07.2024
3396
Reklama

“Xon Saroy”: yangi “Salom Qo‘yliq” loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

“Xon Saroy” qurilish kompaniyasi Toshkent shahrida o‘zining navbatdagi 360 xonadondan iborat “Salom Qo‘yliq” loyihasini o‘z egalariga topshirdi.

1 iyul kuni “Xon Saroy” qurilish kompaniyasi Mirobod tumanida joylashgan “Salom Qo‘yliq” turar joy majmuasini foydalanishga topshirdi. Zamonaviy majmua 360 ta xonadondan iborat.

Ochilish marosimi “Xon Saroy” an’analariga binoan yirik shouga aylandi. Majmuadagi yangi xonadon sohiblari, hudud aholisi, mehmonlar, taniqli shou-biznes vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan marosimda bayram dasturxoni va qiziqarli dastur namoyish etildi. Kompaniya har bir yangi loyihada o‘zgacha yondashuv va yangilikni namoyish etadi. Yashillikni namoyish etgan zamonaviy dizayn va ishonchli qurilish jarayonlari “Salom Qo‘yliq” loyihasida asosiy urg‘usiga aylangan.

“Salom Qo‘yliq” loyihasi 16 qavatdan iborat bo‘lib, 3 ta blok,3 ta kirish qismi, umumiy 360 ta xonadondan tashkil topgan. Loyiha hududida barcha qulayliklar mujassam bo‘lgan. Uzluksiz ishlovchi zamonaviy liftlar o‘rnatilgan. Ichki hovlida bolajonlar uchun xavfsiz bolalar maydonchasi mavjud. Yopiq hovli 24/7 rejimida ishlovchi kuzatuv kameralari bilan taminlangan. Bundan tashqari ikkinchi qavatda alohida ahamiyatga ega eko-hudud yaratilgan. 

Majmuaning birinchi qavati do‘konlar, kafelar, dorixona va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari uchun ajratilgan. Majmuada yer osti avtoturargohi ham mavjud. Ushbu avtoturargoh xonadon egalarining avtomashinalarini noqulay ob-havodan saqlashga yordam beradi.

“Salom Qo‘yliq” loyihasidan 2 ta uy xarid qildim. Menga “Salom Qo‘yliq” loyihasining shahar markazidan biroz chetroqda joylashgani ma’qul bo‘ldi. Xonadonim yaqinida metro, bozor va bolalar maydonchalari bor. Xarid qilgan xonadonim katta ko‘chada joylashmagan, shu sababli shovqin ko‘p bo‘lmaydi”, – deydi yangi xonadon egasi Sherzod Berdiyev.

“Xon Saroy” nafaqat qurilish balki sport va madaniyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarda ham yetakchilardan bo‘lib kelmoqda. Jumladan kompaniya tomonidan 1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati “Mening orzumdagi uy” tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. “Salom Qo‘yliq” loyihasining tantanali ochilish marosimida ushbu tanlovda ishtirok etib munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jajji ishtirokchilarga o‘z sovg‘alarini topshirildi. 3 yildan beri o‘tkazib kelinadigan “Mening orzumdagi uy” tanlovida hozirgi kunga qadar 2500 dan ziyod bolajonlar ishtirok etishgan.

Kompaniya haqida:

“Xon Saroy” qurilish kompaniyasi Toshkent shahridagi ilk faoliyatini 2019 yil “Xon Saroy” nomli loyihadan boshlagan. Toshkent va Navoiyda umumiy 10 ta loyihani o‘z egalariga topshirgan. Hozirda kompaniyaning yana 6 ta loyihasida qurilish ishlari davom etmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

712007400

555017400

Veb-sayt: xonsaroy.uz

Telegram: t.me/XonSaroy

Instagram: xonsaroyuz

Reklama huquqi asosida

Top