15 sentabr kuni “Xon Saroy” kompaniyasi tomonidan suratga olingan myuzikl janridagi yangi film premerasi bölib ötdi. Kompaniya buni özbek tomoşabinlarini yana kinoteatrlarga qaytariş maqsadida amalga oşirmoqda.

Loyihadan maqsad – kino san’atida yangi bosqiç yaratiş, tomoşabinlarning kinoteatrga qaytişiga öz hissasini qöşiş. Filmdagi asosiy ğoya — ijodkorlik, birdamlik va inson qalbidagi san’atga bölgan muhabbat. Myuzikl janrida suratga olingan film ssenariysi sevgi, orzu va ustuvor qadriyatlar atrofida qurilgan bölib, sahnadagi har bir qöşiq hissiy mazmun bilan boyitilgan.

Foto: Xon Saroy

Film rejissyori Sunnat Namozov suratga oliş işlari ança avval boşlaganini aytdi:

“2,5 yil oldin Şohruhxon bilan işlaganimizda menga taklif bergan edi. Ğoyalarini olib ssenarist Şoira Ğiyosovaga berdim, ssenariy yozib berdilar va jarayon boşlandi. Tayyorgarlik bilan birga hammasi 2,5 yil davom etdi. Xon Saroy bilan işlaşga kelganda – özim şunaqa işlaymanki, ijodkorga zamin yaratib beriş kerak”.

Yangi loyiha ustidagi işlar professional aktyorlar, rejissyorlar hamda maşhur blogerlar bilan hamkorlikda amalga oşirilgan. Bu esa filmning texnik va mazmun jihatdan yuksak darajada yaratilganini körsatadi.

Premera tadbirida kompaniya hamkorlari, OAV vakillari va keng jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.

“Xon Saroy” haqida

“Xon Saroy” — uy-joy va tijorat köçmas mulki yönalişida faoliyat yuritayotgan kompaniya bölib, qulay va funksional turar joylar yaratişga ixtisoslaşgan. Kompaniya sifat, zamonaviy me’moriy yondaşuv va innovatsion yeçimlarga alohida e’tibor qaratadi.