O‘zbekiston | 20:40 / 09.07.2024
10330
2 daqiqa o‘qiladi

Agrippina Shin Toshkentdagi Puchon universitetiga rektor etib tayinlandi

So‘nggi 7 yilda maktabgacha ta’lim tizimini boshqarib kelgan Agrippina Shin faoliyatini Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori sifatida davom ettiradi. Hukumat qarori bilan, shuningdek, Gersen va Gerasimov nomidagi OTMlar filiallari hamda milliy musiqa san’ati institutiga ham yangi rahbarlar tayinlandi.

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, Toshkent shahridagi 4 ta oliygohga rahbarlar tayinlandi.

Viktor Veniaminovich Nam Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori lavozimdan ozod qilindi. Uning o‘rniga Agrippina Vasilevna Shin tayinlandi.

  • Agrippina Vasilevna Shin 2017 yildan maktabgacha ta’lim vaziri, 2023 yildan Maktabgacha ta’lim agentligi direktori sifatida ishlab kelayotgan edi. Agentlik faoliyati o‘tgan hafta tugatilgandi.

Qahramon Tanzilovich Olimov Toshkent shahridagi “A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialining ijrochi direktori lavozimdan ozod qilindi. Uning o‘rniga Viktor Veniaminovich Nam tayinlandi.

Eldor Sodiqovich Yo‘ldoshev Toshkent shahridagi “S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filialining direktori lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rniga Iqbol Mamasodiqovich Meliqo‘ziyev tayinlandi.

Eldor O‘ralovich Shermanov Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori – rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib 6 oy sinov muddati bilan tayinlandi.

Mavzuga oid