Şu yildan boşlab, maktab direktori lavozimiga tayinlaniş uçun nomzodlar maxsus kursda öqigan va imtihondan ötib, menejyerlik sertifikatini olgan bölişi şart degan talab örnatildi. Kun.uz muxbiri yaqinda Qaşqadaryoning Mirişkor tumanida boğça mudirasini tayinlaş jarayoni janjalga aylanib ketganidan kelib çiqib, bunday sertifikatni boğçalarga ham tatbiq qiliş zarurati haqida maktabgaça ta’lim vaziri Agrippina Şinning fikri bilan qiziqdi.
Vazir savolga javoban kadrlarni boğça mudirligiga öqitiş yölga qöyilayotganini aytdi, lekin sertifikat masalasini tilga olmadi.
“Bilasiz, qonunçilikka köra, bizda boğçalar maktabgaça ta’lim muassasasi emas, balki qonunan biror mablağdan foyda oliş huquqiga ega maktabgaça ta’lim taşkilotlari hisoblanadi. Şundan kelib çiqsak, taşkilot direktorlari birinçi navbatda menejyer, boşqaruvçi böla olişi kerak. Afsuski, bizda boşqaruvçilarni tayyorlaşmaydi.
Birinçi marotaba boşqaruvçilarni tayyorlaş maqsadida Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida [Toşkentdagi filiali nazarda tutilmoqda – tahr.] 2023 yil uçun magistratura oçdik. Aynan mana şu loyihadan olingan tajriba asosida keyinçalik özimizning milliy OTMlar ham kadr tayyorlaşni boşlaydi. Bizga boşqaruvçilar kerak. Maktabgaça ta’lim tizimidagi metodikalar bilan esa maktabgaça ta’lim ma’lumotiga ega metodistlar şuğullanadi”, – dedi u.
Şuningdek, Agrippina Şin anjumanda jurnalistlar tomonidan berilgan savollar körib çiqilişini ma’lum qildi. Ammo aynan sertifikatlar orqali boğça direktorlarini tayinlaş masalasi oçiqligiça qoldi.










