Agrippina Şin 1958 yil Sirdaryo viloyatida tuğilgan. Toşkent elektrotexnika aloqa instituti (hozirgi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 1980 yilda Toşkent elektrotexnika aloqa instituti ilmiy-tadqiqot laboratoriya katta muhandisi sifatida boşlagan.
1987-1993 yillarda Toşkent şahridagi 4-hunar texnika bilim yurtining işlab çiqariş ta’limi ustasi, 1993-2001 yillarda Toşkent şahridagi 4-hunar texnika bilim yurtining öquv-işlab çiqariş işlari böyiça direktor örinbosari bölgan.
2001-2017 yillarda Toşkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori, 2017-2022 yillarda Özbekiston maktabgaça ta’lim vaziri sifatida işlagan.
Agrippina Şin 2022 yilda maktabgaça va maktab ta’limi vazirining birinçi örinbosari etib tayinlangandi.
Ma’lumot uçun, yanvar oyida prezident qarori bilan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oşirilgandi.
Unga köra, Usmon Şarifxöjayev maktabgaça va maktab ta’limi vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Şuningdek:
- Temur Komilov maktabgaça va maktab ta’limi vazirining örinbosari lavozimiga;
- Dilşod Kenjayev maktabgaça va maktab ta’limi vazirining örinbosari lavozimiga;
- Uzoq Begimqulov maktabgaça va maktab ta’limi vazirining örinbosari lavozimiga;
- Alişer Ubbiyev maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.











