Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda YTH sababli 5 700 xonadon gazsiz qoldi
Yashnobod tumanida Nexia va Spark mashinalari to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida Spark o‘rta bosimli tabiiy gaz quvuriga borib urilgan va unga zarar yetkazgan. Hozirda ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi bildirildi.
Foto: Hududgaz Poytaxt
Toshkent shahrining Yashnobod tumani hududida ikki mashina ishtirokida YTH tabiiy gaz ta’minotida uzilish keltirib chiqardi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 11 iyul kuni soat 2:15da ro‘y bergan YTH oqibatida Yashnobod tumani Go‘zal mahallasidagi o‘rta bosimli gaz quvuriga shikast yetgan. Buning oqibatida Yashnobod tumanidagi 5 700 dan ortiq xonadon gazsiz qolgan.
Quyidagi hududlarda gaz ta’minoti avariya bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatilgan:
– “Go‘zal” MFYdagi 70 ta xonadon;
– “Olmos” MFY hududida joylashgan 58 ta ko‘p qavatli uydagi 2436 ta xonadon;
– “Qalqon” MFY hududida joylashgan 40 ta ko‘p qavatli uydagi 3200 ta xonadon.
Shuningdek, 10 ulgurji iste’molchiga ham tabiiy gaz tekazib berish to‘xtatilgan.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanishi bildirilgan.
Mavzuga oid
11:40 / 03.11.2025
To‘qqiz oyda O‘zbekiston yo‘llarida 1,3 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi
15:37 / 02.11.2025
Samarqandda haydovchi uxlab qolib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi
08:35 / 01.11.2025
Mirzo Ulug‘bek tumanida YTH: Cobalt va Lixiang to‘qnashdi
17:57 / 31.10.2025