Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya sport vaziri olimpiadaga tayyorgarlikni tekshirib, Sena daryosida suzib ko‘rdi
U shu yo‘l bilan atletlarni daryo suvining tozaligiga ishontirmoqchi bo‘ldi. Senada olimpiadaning triatlon va suzish musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Daryo suvi ifloslangani sabab uni tozalashga 1,4 mlrd yevro sarflangan.
Fransiya sport vaziri Ameli Udea-Kastera Parij olimpiadasi arafasida shahar markazidan oqib o‘tuvchi Sena daryosidagi suvning tozaligini tekshirish maqsadida daryoda suzib ko‘rishga qaror qildi.
Vazir Aleksandr III ko‘prigidan Yaralangan harbiylar ko‘prigigacha – qariyb 220 metr masofani suzib o‘tgan. Unga fransiyalik paratriatlet Aleksis Ankinkvant hamrohlik qilgan.
“Va’da bajarildi”, deb yozgan Udea-Kastera suzishdan keyin X'dagi sahifasida.
Sena daryosida Olimpiadaning triatlon va suzish bo‘yicha musobaqalari o‘tkazilishi reja qilingan. Avvalroq daryoda xavfli bakteriyalarning yuqori konsentratsiyasi aniqlangan, shundan keyin rasmiylar daryo suvini tozalash uchun qariyb 1,4 mlrd yevro mablag‘ sarflagandi.
Sport vaziridan keyin, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Xalqaro Olimpiya Kengashi raisi Tomas Bax ham Udea-Kasteraning ortidan daryoga sho‘ng‘ishga tayyorligini bildirishdi.
Parij Olimpiadasi 26 iyuldan 11 avgustgacha davom etadi. Paraolimpiada esa 28 avgustdan 8 sentabrgacha o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026