Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi joyga ko‘chgan fuqarolar o‘sha joydagi tibbiyot muassasalariga onlayn hisobga qo‘yiladi
Fuqaro doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyini o‘zgartirsa, yagona portal orqali murojaat yo‘llaydi va yangi manzilidagi davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yiladi. Bu tartib 1 yanvardan kuchga kirishi kutilmoqda.
Fuqarolarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Loyihada:
- jismoniy shaxsning doimiy yashash yoki vaqtinchalik turgan manzili o‘zgarganda ixtiyoriy ravishda yangi manzildagi davlat tibbiyot muassasalariga kompozit shaklda (bitta murojaat asosida) hisobga qo‘yish;
- davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yilganligi haqida ma’lumotnoma taqdim etish;
- davlat xizmatidan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish tartiblari belgilanmoqda.
Sog‘liqni saqlash va Raqamli texnologiyalar vazirliklari bu davlat xizmatini 2025 yil 1 yanvarga qadar yo‘lga qo‘yishi kerak bo‘ladi.
Avvalroq, sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov elektron poliklinika va elektron retsept tizimlari 2024 yil oxirigacha to‘liq yo‘lga qo‘yilishini aytgandi.
Mavzuga oid
15:50 / 07.07.2026
O‘zbekistonda milliy navigatsiya tizimi yaratiladi
17:51 / 22.06.2026
Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi
19:02 / 01.05.2026
O‘zbekiston sun’iy intellekt davriga kiryapti: prezident qanday vazifalarni qo‘ydi?
19:07 / 21.01.2026