Buyuk Britaniya Rossiyaning yashirin neft flotini ta’qib qila boshlaydi - Bloomberg
Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqining bir guruh davlatlari Rossiya xalqaro sanksiyalarga chap berish uchun tuzgan neft tankerlaridan iborat «yashirin flot»ga qarshi yangi choralar ko‘rishga hozirlanmoqda.
Bu haqda o‘z manbalari va tegishli hujjatlarga asoslanib, Bloomberg nashri yozmoqda. Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, reja 18 iyul payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Yevropa siyosiy hamjamiyati yig‘ilishi maydonlarida ma’qullanishi kerak.
Davlatlar Rossiya yashirin floti kemalari va vositachilar yaratayotgan xavflarga qarshi ta’sir choralarini muvofiqlashtirish uchun axborot almashish niyatida. Ular shuningdek xususiy sektor va boshqa manfaatdor tomonlar bilan ishlashadi.
Jurnalistlar ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatlar Rossiya o‘zining neft resurslaridan daromad qilishi yanada qiyinlashishi uchun «muayyan choralar»ni tezkor qabul qiladigan guruh tuzmoqchi. Suhbatdoshlardan birining jurnalistlarga bildirishicha, bu choralar Rossiya kemalarining sanksiya ro‘yxati kengayishiga olib kelishi mumkin.
«Rossiyaning «yashirin floti» jag‘on dengizlari va okeanlariga bog‘liq bo‘lgan bizning mamlakatlarimiz va boshqa davlatlarga tahdid tug‘dirmoqda. Bu «yashirin flot»dagi ko‘plab kemalar sug‘urtalanmagan va ularga tegishli xizmat ko‘rsatilmaydi. Ularning aksariyati atrof-muhitni muhofaza qilish va xavfsizlikka doir asosiy standartlar va xavfsizlik qoidalariga zid faoliyat bilan shug‘ullanmoqda», - deyiladi hujjatda.
2022 yilning oxirlarida Financial Times nashri Rossiya 100 dan ortiq tankerlardan iborat va sanksiya sharoitlarida neftni dengiz orqali tashishga ixtisoslashgan «yashirin flot» tuzgani haqida yozgan edi.
Yevropa Ittifoqi Rossiyadan neft xomashyosi va tozalangan neft mahsulotlarini dengiz orqali import qilishni taqiqlagan. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya neftiga nisbatan barreliga 60 dollarlik yuqori narx chegarasi joriy etish to‘g‘risida kelishib olgan edi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
16:46 / 20.01.2025
Britaniyada soliqlar sabab rekord darajada ko‘p millionerlar mamlakatni tark etmoqda - The Times
15:46 / 17.01.2025
Rossiyadan Xitoyga neft yetkazib berish narxi canksiyalardan keyin uch baravar qimmatlashdi
08:14 / 17.01.2025
Zelenskiy: London bilan 100 yillik kelishuvni boshqa davlatlarga ham qo‘llash kerak
02:51 / 17.01.2025