Urganch aeroportidagi ta’mirlash vaqtida yo‘lovchilar Nukusgacha bepul transfer qilinadi
Ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha yopilayotgan Urganch xalqaro aeroportidan Nukus aeroportigacha bepul transfer yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Uzbekistan Airports
Kapital ta’mirlash sabab 20 iyuldan 7 avgustgacha yopilayotgan Urganch aeroportidan Nukus aeroportigacha bepul transfer yo‘lga qo‘yiladi/
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, uzunligi 3000, eni 16 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi yuzasini butunlay almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan. Shuningdek, ikkinchi va uchinchi yurish yo‘laklari kapital ta’mirlanadi.
Rekonstruksiya davrida barcha rejalashtirilgan reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yo‘naltiriladi. Yo‘lovchilarga Nukus va Urganch aeroportlari o‘rtasida bepul transfer xizmati taqdim etiladi. Avtobuslar yo‘lovchilarni jo‘nab ketishda ham, uchib kelishda ham manzil aeroportiga olib boradi.
Masalan, Urganchdan Moskvaga HY-9615 reysi bilan uchayotgan yo‘lovchilar Urganch aeroportiga soat 23:00 da yetib kelishlari lozim. Jadvalga ko‘ra, avtobuslar yo‘lovchilarni Urganch aeroportidan soat 23:30 da olib ketadi. Soat 02:30 da yo‘lovchilar Nukus aeroportiga yetkaziladi va u yerdan Moskvaga uchishadi. Moskvadan qaytgan yo‘lovchilarni Nukusdan Urganchga yetkazish jarayoni ham xuddi shunday tashkil etiladi. Nukus aeroportida chegara nazoratidan o‘tib, yuklarni qabul qilib olgan yo‘lovchilarni Urganchga yo‘l oladigan avtobuslar kutib turadi.
Har bir alohida yo‘nalish bo‘yicha to‘liq avtobuslar qatnovi jadvalini ushbu havola orqali topish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot uchun Uzbekistan Airports aloqa markazi telefon raqami - +998 55 501 45 55.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sariosiyo aeroporti 20 yildan so‘ng faoliyatini tikladi
O‘zbekiston | 19:09
-
Toshkent yerusti metrosida 3 oy davomida rejali profilaktik ishlar amalga oshiriladi
Jamiyat | 19:07
-
Reuters: AQSh bojlari sabab dunyo kompaniyalari ko‘rgan zarar 34 mlrd dollardan oshdi
Jahon | 19:04
-
Toza energiya targ‘iboti: Sungrow O‘zbekistonda faoliyatini kengaytirmoqda
Jamiyat | 19:00
Mavzuga oid

19:09
Sariosiyo aeroporti 20 yildan so‘ng faoliyatini tikladi

18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»

10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi

14:39 / 13.05.2025