Rossiyaning yirik davlat banklaridan biri xorijda UnionPay kartalari bilan hisob-kitob qilishdan uzib qo‘yildi
Rossiyaning tizimda muhim bo‘lgan “Rosselxozbank” davlat banki o‘zi tomonidan chiqarilgan Xitoyning UnionPay to‘lov tizimi kartalari bo‘yicha xorijdagi hisob-kitoblar to‘xtatilishini e’lon qildi, deb xabar beradi Reuters.
O‘tgan yili RSXB 80 mingta UnionPay to‘lov kartalari va Mir-UnionPay kobeyjing kartalarini muomalaga kiritganini e’lon qilgan edi. Bank bu kartalar bo‘yicha xorijga o‘tgan yilning birinchi yarmida 36 mlrd rubllik 2 mln tranzaksiyalar o‘tkazgan. Rossiyaliklar UnionPay kartalaridan asosan Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand va Turkiyada foydalangan.
2022 yilda Visa va MasterCard global to‘lov tizimlari Rossiyani tark etgach, rossiyaliklar Mir va UnionPay kartalarini chiqarishga buyurtmani ko‘paytirgan va o‘nlab banklar shunday kartalar chiqargan.
Chorshanba kuni RSXB xorijda bo‘lib turgan mijozlaridan 19 iyulgacha UnionPay kartalaridagi pullarini naqdlashtirib olishni so‘ragan.
Ushbu kartalardan naqd pul yechishning sutkalik limiti 500 ming rubl yoki shunga ekvivalent xorijiy valuta hisoblanadi.
«Rossiya hududida kartalar cheklovlarsiz ishlaydi. Barcha o‘zgarishlar to‘g‘risida qo‘shimcha tarzda ma’lumotlar berib boramiz», — deyiladi RSXB bayonotida.
“Rosselxozbank” Xitoyning UnionPay International to‘lov tizimi bilan 2017 yildan buyon ishlaydi va rossiyaliklarning ko‘pchiligi xorijiy safarlari chog‘ida shu kartalardan foydalanib kelishgan.
Mavzuga oid
19:15
Kim Chen In Rossiyadagi KXDR qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilish uchun yuqori martabali generalini yubordi
18:24
Birinchi zarbada Bryanskkacha: Ukraina ilk marta ATACMS ballistik raketasi bilan Rossiya hududiga zarba yo‘lladi
01:16
AQSh raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
23:54 / 19.11.2024