Ukraina Rossiyaning to‘rt mintaqasiga dronlar bilan hujum qildi
Rossiya Mudofaa vazirligi beshta Ukraina dronining yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Bryansk, Kursk, Voronej va Belgorod viloyatlariga hujum qilindi.
17 iyul, chorshanbaga o‘tar kechasi Ukraina Rossiya hududiga dronlar yordamida yana hujum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, tunda havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukraina beshta uchuvchisiz uchog‘ini - Bryansk viloyatida ikkita dron, Voronej viloyatida ikkita va Belgorod viloyatida yana birini urib tushirgan.
Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomaz ma’lum qilishicha, viloyatning Suraj tumanida ikkita dron yo‘q qilingan, qurbonlar va vayronalar yo‘q.
UUA hujumi haqida Kursk viloyati rahbari vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov ham ma’lum qildi. Rasmiyga ko‘ra, Glushkovskiy tumani, Tetkino qishlog‘idagi o‘t o‘chirish bo‘limi binosiga ukrain kopteri portlovchi moslamani tashlagan. Natijada bo‘linma hududida yuk mashinasi va yengil avtomobil shikastlangan, navbatchi qutqaruvchi jarohatlangan.
Ukraina o‘z hududi rus qo‘shinlari tomonidan davom etayotgan o‘qqa tutilishiga javoban Rossiyadagi nishonlarga uchuvchisiz uchoqlar yordamida tobora ko‘proq hujum qilmoqda.
Mavzuga oid
20:47
Germaniya Ukrainaga sun’iy intellektga ega Helsing dronlarini yetkazib beradi
20:14
Ukraina ATACMS bilan Rossiya hududlariga zarba berishi mumkin. Bu nimani o‘zgartiradi?
05:07
Bayden Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berdi
16:28 / 17.11.2024