Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida artizan quduqlarni qazishga ajratilgan 600 mln so‘mni o‘zlashtirganlar aniqlandi
Toshkent viloyatida artizan quduqlarini qazish uchun ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Departamentning Ohangaron tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, “O.D.” fermer xo‘jaligi rahbari S.U. va “E.B.” MChJ mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, tijorat banki filialidan ajratilgan 600 million so‘m kredit mablag‘ini pudratchi “E.B.” MChJga artizan quduqlarini qazish uchun o‘tkazishga erishib, amalda 1 dona artizan qudug‘ini qazish ishlarini qisman bajargani aniqlangan.
Ular kredit mablag‘larini pudratchining hisob-raqamidan naqdlashtirib olib, talon-toroj qilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
23:27 / 29.04.2026
Ohangarondagi 14 yoshli qiz bilan bog‘liq holat Bolalar ombudsmani nazoratiga olindi
21:30 / 24.04.2026
Ohangaronda 19 xil sifati kafolatlanmagan dorilar muomalaga kiritilishining oldi olindi
14:29 / 13.02.2026
Prezident Ohangaronda maishiy texnika korxonasi faoliyati bilan tanishdi
14:16 / 13.02.2026