Kamala Harris AQSh prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyatida
AQShning amaldagi vitse-prezidenti prezidentlikka nomzodlikni qo‘lga kiritish va g‘alaba qozonish hamda respublikachi Trampni mag‘lub etish uchun Demokratik partiya va xalqni birlashtirish niyatida ekanini aytdi.
AQShning amaldagi vitse-prezidenti Kamala Harris AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. 21 iyul, yakshanba kuni Amerika OAV uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi: «Prezidentning tasdig‘ini olish men uchun katta sharaf va men bu nomzodlikni qo‘lga kiritish va g‘alaba qozonish niyatidaman».
Harris respublikachi Donald Trampni mag‘lub etish uchun «Demokratik partiya va xalqni birlashtirish» maqsadida «hamma narsani qilishini» qo‘shimcha qildi.
Oq uyning sobiq rahbari Tramp, o‘z navbatida, avvalroq CNN telekanaliga «Harrisni mag‘lub etish osonroq bo‘ladi», deb aytgan edi.
Jo Baydenning saylovdan voz kechishi
AQSh prezidenti Jo Bayden bir necha soat avval prezidentlik saylovlaridan o‘z nomzodini qaytarib olishini e’lon qilgan edi. U bu qarorni Demokratik partiya va butun mamlakat manfaatlarini ko‘zlab qabul qilganini ta’kidladi. Bayden tez orada xalqqa murojaat qilib, tafsilotlarni aytib berishini bildirdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, amaldagi muddatining qolgan qismida asosiy e’tiborini prezidentlik vazifalarini bajarishga qaratadi.
Bayden o‘z o‘rniga Kamala Harrisni taklif qilib, uni «to‘liq qo‘llab-quvvatlashini» bildirdi. «Demokratlar - birlashish va Trampni yengish vaqti keldi. Keling, buni qilaylik!» - deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Bayden prezident sifatida erishgan yutuqlarini sanab o‘tdi va Tramp tomonidan tanqid qilindi
«Bugungi kunda Amerika iqtisodiyoti - dunyodagi eng kuchlisi. Biz qariyalar uchun retsept bo‘yicha dori-darmonlar narxini pasaytirish va ko‘plab amerikaliklar uchun arzon tibbiy yordamni kengaytirish uchun tarixiy sarmoyalarni qildik. Zaharli moddalar ta’siridan azob chekayotgan faxriylarga juda zarur yordam ko‘rsatdik. 30 yil ichida birinchi marta qurol xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladik. Afroamerikalik ayolni Oliy sud sudyasi etib tayinlandik», deb yozgan Jo Bayden ijtimoiy tarmoqda.
Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Bayden «hech qachon bu lavozimga mos kelmaganini» va Qo‘shma Shtatlar uning prezidentligidan «katta azob chekkanini» aytdi. Biroq, Oq uyning sobiq rahbari «bu zararni tezda tuzatishga» va’da berdi.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024