Rossiyada Qrimdagi portlashda ayblangan shaxs 18 yilga qamaldi
Harbiy sud Sergey Yerjovni Qrimda Yalta yaqinida gaz quvuridagi portlash ishi bo‘yicha 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Rossiya Federatsiyasining Janubiy okrug harbiy sudi Sergey Yerjovni Qrimning Yalta yaqinidagi Koreiz qishlog‘ida 2023 yilda gaz quvurida sodir bo‘lgan portlashda ayblab, 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda sud matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanganidek, Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli hujumi boshlangandan so‘ng, Yerjov Dnipropetrovsk viloyati hududida bo‘lganida Ukraina Xavfsizlik xizmati («SBU») xodimi bilan «aloqaga kirgan». Uning rahbarligi ostida u go‘yoki «qo‘lbola portlovchi qurilmalarni yasash bo‘yicha keng qamrovli bilim, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan».
Shundan so‘ng, sud versiyasiga ko‘ra, 2023 yilning yozida o‘sha paytda Yaltaga ko‘chib o‘tgan Sergey Yerjov go‘yoki portlovchi moslama yasagan va 23 iyun kuni gaz quvurining bir qismini portlatib, «katta moddiy zarar yetkazgan, shuningdek, o‘lim xavfini yaratgan».
Sud matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Yerjov jazo muddatining dastlabki to‘rt yilini qamoqda, qolganini esa qattiq tartibli koloniyada o‘tkazadi. Bundan tashqari, unga 500 ming rubl miqdorida jarima belgilandi.
«FSB» ayblanuvchining hibsga olingani haqida o‘tgan yilning avgust oyida xabar berib, uning so‘roq paytidagi videosini ko‘rsatgan edi. Yozuvda Yerjov aybini tan olgan.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganligi o‘rganiladi
O‘zbekiston | 18:39
-
Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namanganda texnika universiteti ochiladi
O‘zbekiston | 18:12
-
Qirg‘izistonda tirbandliklarga barham berish uchun poytaxtni ko‘chirish taklif qilindi
Jahon | 18:09
-
Tramp prezidentlikka kirishgan kuniyoq bir necha sudga berildi
Jahon | 18:05
Mavzuga oid
18:40 / 05.01.2025
Las-Vegasdagi portlash: haydovchi amerikaliklarga xat qoldirgan
17:01 / 01.01.2025
Ukraina tarixda ilk bor dengiz droni bilan Rossiya vertolyotini urib tushirdi. Bu qanday uddalandi?
20:00 / 31.12.2024
Rossiya Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba yo‘lladi, Ukraina javob qaytardi
17:38 / 24.12.2024