O‘zbekiston | 12:00 / 25.07.2024
1767
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Buxoro va Navoiy viloyatlarida Beeline Uzbekistan mobil interneti tezlashdi

Foto: Beeline Uzbekistan

Digital-operator butun respublika bo‘ylab, jumladan, Buxoro va Navoiy viloyatlarida o‘z tarmog‘ining qamrovi va o‘tkazish qobiliyatini kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda.

Beeline Uzbekistan o‘z mijozlariga eng yaxshi xizmat ko‘rsatish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish maqsadida Buxoro va Navoiy viloyatlarida o‘z tarmog‘ini faol ravishda kengaytirib, modernizatsiya qilmoqda. Joriy yilda kompaniya 177 ta yangi baza stansiyalarini qurdi va ishga tushirdi, ulardan 123 tasi Buxoro viloyatida va 54 tasi Navoiy viloyatida joylashgan.

Buxoro viloyatida yangi baza stansiyalari Buxoro shahri, Buxoro, Vobkent, G‘ijduvon, Kogon, Qorako‘l, Peshku va Shofirkon tumanlarida o‘rnatildi. Buxoro tumanida, shuningdek, ilgari ko‘chma baza stansiyasi o‘rnatilgan Xuminobod qishlog‘ida butun aholi punktini qamrab olgan yangi 4G baza stansiyasi ishga tushirildi. Shuningdek, katta magistral yo‘llardan uzoqda joylashgan ko‘plab aholi punktlari 4G tarmog‘i bilan qamrab olindi.  

Navoiy viloyatida Navoiy, Uchquduq, Zarafshon shaharlari, shuningdek, viloyatning Karmana, Navbahor va Qiziltepa tumanlarida yangi baza stansiyalari faollashtirildi.

Yangi stansiyalar qurilishi bilan bir qatorda tarmoq sezilarli darajada modernizatsiya qilindi. Joriy yil mobaynida 129 ta baza stansiyasi yangilandi: bulardan 79 tasi Buxoro viloyatida, 50 tasi esa Navoiy viloyatida.

Buxoro viloyatida yangi baza stansiyalaridan biri Buxoro shahridagi eng yirik dehqon bozori va shahar markazidagi Somoniylar maqbarasi va Chashma Ayyub, shuningdek, Ark qal’asi va unga tutash hududlardagi tarixiy diqqatga sazovor joylarning katta qismini qo‘shimcha qamrov bilan ta’minladi. Qorako‘l tumanidagi yangi baza stansiyasi "Qorako‘l" EIZning langar rezidenti bo‘lgan Markaziy Osiyoda qurilayotgan eng yirik gaz-kimyo majmuasini aloqa bilan ta’minladi. Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi ikkita baza stansiyasi yonuvchi slanetslarni qayta ishlash bo‘yicha qurilayotgan majmuani aloqa bilan ta’minladi.

Bundan tashqari, radiorele liniyalari modernizatsiya qilindi, shu jumladan yangi oraliq yo‘llarni yangilash va qurish orqali o‘tkazuvchanlik qobiliyati sezilarli darajada oshirildi va mavjud infratuzilma yuklanishini pasaytirdi, ma’lumotlarni yanada barqaror uzatish va qabul qilish imkoniyati ta’minlandi. Shuningdek, baza stansiyalarining zaxira ta’minoti barqarorligini oshirish bo‘yicha ishlar olib borildi. 

Yangi stansiyalarning ishga tushirilishi va mavjudlarining modernizatsiya qilinishi mintaqada mobil internet tezligining o‘sishini va aloqa sifatining yaxshilanishini ta’minlaydi. Buxoro viloyatida tezlik 50 foizga, Navoiy viloyatida 40 foizga oshdi.

Buxoro viloyatida VoLTE trafigi ulushi 10 barobarga, Navoiy viloyatida yil boshidan buyon 13 barobarga oshib, mos ravishda 21,5 va 10 ming Erlangga yetdi. VoLTE texnologiyasining butun O‘zbekiston bo‘ylab ishga tushirilishi o‘tgan yilning oktabr oyida aynan Navoiy viloyatida boshlangan bo‘lib, u yerda ishga tushirilganidan beri ushbu texnologiyaga to‘g‘ri keladigan trafik ulushi 25 barobarga oshgan.

"Biz Buxoro va Navoiy viloyatlarida tarmoqni kengaytirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqdamiz va yoz oxirigacha mintaqada yana 33 ta baza stansiyasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Qurilishning faol bosqichi yakunlangach, uskunalarni yanada puxta sozlash va tarmoq unumdorligini oshirish uchun tarmoqning keng ko‘lamli test-drayvi o‘tkaziladi. Bundan tashqari, an’anaviy "ovozli" 2G va 3G tarmoqlariga nisbatan ovoz uzatish va qo‘ng‘iroq tezligi bo‘yicha so‘zsiz ustunlikka ega bo‘lgan VoLTE texnologiyasidan foydalanuvchi abonentlarning faol o‘sishi juda quvonarli. Bu, shuningdek, bizning mijozlarimiz ilg‘or texnologiyalar va Beeline’ning barcha mavjud xizmatlaridan foydalanishga intilayotganidan dalolat beradi. Bir yil ichida mintaqamizda Beeline Uzbekistan, Beepul raqamli servislari hamda boshqa ko‘ngilochar xizmatlardan foydalanuvchi abonentlar soni uchdan bir qismdan ko‘proqqa oshganini mamnuniyat bilan ta’kidlayman. Shu bilan birga, ikkala viloyatimiz ham ushbu trend bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda", — deya ta’kidladi Beeline Uzbekistan Janubi-g‘arbiy filiali direktori Dmitriy Kazbanov.

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan

Twitter: @beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama

Mavzuga oid