Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada bezorilardan o‘zini himoya qilgan o‘zbekistonlik yigit qamoqdan qo‘yib yuborildi
U o‘zini himoya qilish maqsadida pichoq ishlatib, bezorilarga jarohat yetkazgan edi.
Polsha poytaxti Varshavada bir guruh bezorilardan o‘zini pichoq bilan himoya qilgan va yakunda politsiya tomonidan ushlangan o‘zbekistonlik yigitga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi xabar berdi.
«Polsha huquq-tartibot idoralari bilan M.Kozimjonovning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida olib borilgan muzokaralar va tezkor tadbirlar natijasida fuqaromizga nisbatan 2024 yilning 24 iyul kuni qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilinishiga erishildi», deyiladi xabarda.
Qayd qilinishicha, hodisa yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda va holat diplomatik vakolatxona nazorati ostida.
Avvalroq, Varshavadagi ovqat yetkazib berish xizmatida ishlayotgan M.K. internet orqali bir qiz bilan tanishib, firibgarlarning tuzog‘iga tushgani ma’lum bo‘lgan edi. Hodisa Brodnensk bog‘ida sodir bo‘lgan. Qiz yigitni tunash maqsadida o‘zining tanishlari oldiga olib borgan. U yerda ikki o‘smir kaltaklay boshlagach, M.K. o‘zini pichoq bilan himoya qilgan va ularni jarohatlagan. Shundan so‘ng, politsiya tomonidan ushlangan. Ta’kidlanishicha, M.K. tergovga jabrlanuvchi sifatida jalb qilingan.
Mavzuga oid
21:10 / 30.06.2026
Al Kaponedan Gulnora Karimovagacha: “Kir pullar” qanday yuviladi?
10:45 / 29.06.2026
Germaniya Polshaga 300 mln yevrogacha tovon to‘lashi mumkin
11:00 / 27.06.2026
Tibbiyot muassasalariga ishga kiritish bilan bog‘liq firibgarliklar aniqlandi
16:35 / 23.06.2026