Toşkent şahri, Yakkasaroy tumani IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimi sobiq boşliği jinoiy javobgarlikka tortildi. U faoliyati davomida jinoiy şerigi bilan pul evaziga çet el fuqarolariga noqonuniy turzda ID karta hamda xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştirib bergan.
Kun.uz tanişgan sud hujjatida keltirilişiça, Z.A. 2006 yildan 2023 yil mart oyiga qadar içki işlar organlarida xizmat qilgan. U 2021 yil sentabr oyidan 2022 yil aprel oyiga qadar Yunusobod tumani, 2022 yil aprel oyidan 2023 yil mart oyiga qadar esa Yakkasaroy tumani IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimi boşliği lavozimida işlagan.
Z.A. “Donna Global” MÇJ (stol uslug) rahbari D.Ş. (marhum, jinoyat işining unga tegişli qismi tugatilgan) bilan birgalikda 9 nafar çet el fuqarosiga Özbekiston Respublikasi fuqarosi ID kartasi hamda xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştirib bergan.
Jinoiy şeriklar buning uçun çet el fuqarolaridan 4 ming dollardan 15 ming dollargaça pul mablağini olib, özaro taqsimlab olişgan.
Jumladan, Z.A. 2022 yil noyabr oyida Rossiya fuqarosi K.D.ga noqonuniy tarzda ID karta va “qizil pasport” rasmiylaştirib bergan. U buni quyidagiça amalga oşirgan: mansab vakolatini suiste’mol qilgan holda öziga biriktirilgan “Ye-kalit” yordamida “Pasport-viza” tizimiga kirgan va aslida boşqa fuqaroga tegişli bölgan Se 0547950 seriya va raqamli fuqarolik pasportini K.D.ga tegişli bölganligi haqida qalbaki elektron hujjatni yaratgan. Söngra K.D.ning göyoki fuqarolik pasportini yöqotib qöyganligi va ID karta rasmiylaştirib beriş haqidagi arizasini olgan. Şu tariqa K.D.ga Özbekiston Respublikasi fuqarosining AD 2099901 seriya va raqamli ID kartasi hamda FA 6789244 seriya va raqamli xorijga çiqiş biometrik pasporti rasmiylaştirib bergan.
Şuningdek, Z.A. IIV MFRBBning “Manzil” tizimiga kirib, heç qanday asoslantiruvçi hujjatlar mavjud bölmasa-da, K.D.ni Toşkent şahar, Yunusobod tumani, “Axilobod” MFY, 13-mavze, 72-uy, 90-xonadonga doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga qöygan.
Z.A. jinoiy şerigi bilan birgalikda ayni şu usulda Rossiya fuqarosi N.K.ga AD 2223361 seriya va raqamli ID karta hamda FA 6898656 seriya va raqamli xorijga çiqiş biometrik pasporti; Qozoğiston fuqarosi Ye.M.ga AD 2489857 seriya va raqamli ID karta hamda FA 7299794 seriya va raqamli xorijga çiqiş biometrik pasporti; Qozoğiston fuqarosi M.K.ga AD 2707976 seriya va raqamli ID karta; Rossiya fuqarosi A.Ş.ga AD 2656960 seriya va raqamli ID karta hamda FA 7324102 seriya va raqamli xorijga çiqiş biometrik pasporti; Qozoğiston fuqarosi S.D.ga AD 2819463 seriya va raqamli ID karta va FA 7525028 seriya va raqamli xorijga çiqiş biometrik pasporti; Qirğiziston fuqarosi D.Ya.ga AD 2869517 seriya va raqamli ID karta; Rossiya fuqarosi N.A.ga AD 2869517 seriya va raqamli ID karta hamda FA 7652695 seriya va raqamli xorijga çiqiş biometrik pasporti; Rossiya fuqarosi A.G.ga AD 3469496 seriya va raqamli ID karta hamda FA 7893815 seriya va raqamli xorijga çiqiş biometrik pasporti rasmiylaştirib bergan.







