Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi «Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida»gi qonunga qöşimça kiritiş böyiça hujjat loyihasini jamoatçilik muhokamasi uçun e’lon qildi. Unga köra, katta hajmda töğridan-töğri investitsiya kiritgan xorijiy sarmoyadorlarga Özbekiston fuqaroligini soddalaştirilgan tartibda beriş nazarda tutilmoqda.
Xususan, fuqarolikka doir qonunning 20-moddasini quyidagi tahrirdagi uçinçi qism bilan töldiriş taklif qilinmoqda:
«Özbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilişning soddalaştirilgan tartibi çet davlat fuqarosi bölgan yoki fuqaroligi bölmagan şaxs tomonidan Özbekiston Respublikasida amalga oşirilayotgan investitsiya loyihalariga kamida 1 million AQŞ dollari ekvivalentida sarmoya kiritgan jismoniy şaxsga yoxud taniqli olim, sportçi, madaniyat va san’at arbobiga nisbatan tatbiq etiladi».
Qonunda taklif etilayotgan yangi norma davlatning investitsiyaviy jozibadorligini oşirişga, respublika investitsiya muhitida bölayotgan ijobiy özgarişlarga xalqaro işbilarmonlar hamjamiyatining e’tiborini jalb qilişga va xalqaro maydonda mamlakat nufuzini oşirişga xizmat qiladi, deyiladi vazirlikning tuşuntiriş xatida.
Muhokama joriy yil 23 noyabrga qadar davom etadi, har bir fuqaro unda qatnaşib öz takliflarini berişini mumkin.








