Toşkent şahrining barça tumanlaridagi migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimlarida elektron navbat tizimini joriy etildi. Tez orada internet orqali navbatga yoziliş imkoniyati yaratiladi. Bu haqda Kun.uz’ga IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi bölim boşliği Fazliddin Usmonov ma'lum qildi.
IIV rasmiysi 2017 yili sinov tariqasida Olmazor tumani migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimida joriy etilgan elektron navbat tizimi nima uçun Toşkent şahri va respublikaning qolgan hududlariga tatbiq etilmaganiga ham oydinlik kiritib ötdi.

«Olmazor tumanida haqiqatan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron navbat tizimini joriy qiliş böyiça pilot-proyektni işga tuşirib kördik. Birmunça muddat bu tizimdan foydalanganimizda tizim bir tomonlama ekani ma'lum böldi. Çunki mazkur tizimda faqat onlayn murojaat qiluvçilar hisobga olingan-u, lekin pasport stoliga özlari borib murojaat qiladigan fuqarolar inobatga olinmagani sababli ikki xil yöl bilan navbat olgan fuqarolar örtasida tuşunmovçilik, navbat talaşişlar köp kuzatildi» deya Fazliddin Usmonovning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uning ta'kidlaşiça, migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimlarida elektron navbat tizimini joriy qiliş masalasi körib çiqilib, 2019 yil oktabr oyida Toşkent şahrining barça tumanlarida uşbu tizim joriy etilgan. Yangi tizimda avvalgisida kuzatilgan muammolar bartaraf etilgan. Fuqaro nima masalada kelganiga qarab 6ta yönaliş böyiça infokioskka öxşaş qurilmadan navbat olişi mumkin.
«Hozirça elektron navbatni offlayn tarzda oliş mumkin. Tez orada internet orqali, ya'ni Yagona davlat xizmatlari portali – My.gov.uz orqali ham navbat oliş imkoniyati yaratiladi. Bu davlat işida, turli taşkilotlarda işlaydigan yurtdoşlarimizning vaqtlarini tejaş maqsadida qilinyapti. Bu tizim ham hozir integratsiya qiliş jarayonida. Uşbu integratsiyani amalga oşirsak, onlayn va oflayn navbat oliş jarayoni bitta tizimga ulanadi, şunda fuqarolar örtasida navbat böyiça heç qanday kelişmovçilik bölmaydi. Elektron navbat tizimi Toşkent şahri va uning barça tumanlarida, şuningdek, hozirça viloyatlarning markazlarida joriy qilinadi», deydi Fazliddin Usmonov.







