Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon o‘z kuchlari pozitsiyasi ustida Armaniston droni tutib olinganini ma’lum qildi
Ozarboyjon Mudofaa vazirligi «yana bir uchuvchisiz uchoq maxsus texnik vositalar yordamida ushlanib, hududdan olib chiqib ketilgani» haqida xabar berdi.
Foto: Ozarboyjon Mudofaa vazirligi
Ozarboyjon Mudofaa vazirligi ikki davlat chegarasidagi Lochin tumanida respublika armiyasi pozitsiyalari ustidan razvedka o‘tkazmoqchi bo‘lgan arman kvadrokopterining parvozlari to‘xtatilganini ma’lum qildi.
«28 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat taxminan 17:40 da Armaniston qurolli kuchlari kvadrokopteri Ozarboyjon armiyasining Lochin yo‘nalishida joylashgan pozitsiyalari ustidan razvedka parvozlarini amalga oshirishga urindi», deyiladi xabarda.
Harbiy departament ma’lumotlariga ko‘ra, «navbatdagi uchuvchisiz uchish apparati maxsus texnik vositalar yordamida tutib olingan va hududdan olib chiqilgan».
Mavzuga oid
19:05 / 14.03.2026
Jahondagi tizimning katta davlatlarga so‘zi o‘tmaydi - Eldor Aripov
22:30 / 12.03.2026
“Isroil boshqalar qo‘li bilan urushni kengaytirmoqchi” – siyosatshunoslar
17:59 / 09.03.2026
Tehron Turkiya, Ozarboyjon va Kiprga qilingan hujumlar yuzasidan bayonot berdi
13:21 / 09.03.2026