Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela Lotin Amerikasi elchilarini chiqarib yuboryapti
Karakas yetti davlatning diplomatik vakolatxonalari rahbarlariga zudlik bilan mamlakatni tark etishni buyurdi.
Foto: Globallookpress
Venesuela yaqinda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijalarini qoralagan yetti Lotin Amerikasi davlati elchilari zudlik bilan chiqarib yuborilishini e’lon qildi.
Gap Argentina, Chili, Kosta-Rika, Peru, Panama, Dominikan Respublikasi va Urugvay diplomatik vakolatxonalari rahbarlari haqida bormoqda.
Venesuela hukumati o‘z diplomatlarini eslatib o‘tilgan davlatlardan chaqirib olganini ham e’lon qildi.
«Venesuela o‘z taqdirini o‘zi belgilashga haqli. Venesuela hukumati Venesuelaning tinch-totuv yashashiga tahdid soladigan har qanday harakatlarga qarshi chiqadi. Biz saylov natijalarini e’tiborsiz qoldirishga urinish bo‘lgan bayonotlarni qat’iy rad etamiz», — deyiladi Bolivar respublikasi hukumati bayonotida.
Avvalroq Argentina, Kanada, Chili, Kosta-Rika, Ekvador, AQSh, Gvatemala, Panama, Paragvay, Peru, Dominikan Respublikasi va Urugvay missiyalari Venesueladagi saylov natijalarini ko‘rib chiqish uchun Amerika davlatlari tashkilotining favqulodda yig‘ilishini chaqirishni taklif qilgan edi.
Venesuela Milliy saylov kengashi raisi Elvis Amorosoning aytishicha, amaldagi davlat rahbari Nikolas Maduro prezidentlik saylovlarida 44,2 foiz ovozga ega bo‘lgan muxolifat nomzodi Edmundo Gonsalesni ortda qoldirib, 51,2 foiz ovoz olgan.
Nikolas Maduro ketma-ket uchinchi olti yillik muddat davomida prezidentlik qiladi.
Mavzuga oid
21:07 / 30.03.2026
O‘zbekiston Venesuelani mag‘lub etib, xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi
11:48 / 19.03.2026
Maduroning safdoshi Venesuela Mudofaa vazirligini boshqarishdan chetlatildi
11:56 / 15.03.2026
Kubada energetik inqiroz: namoyishchilar Kompartiya ofisiga hujum qildi
13:01 / 07.03.2026