Rossiyada migrantlarga tibbiyot, ta’lim va kuriyerlik sohasida ishlash taqiqlanishi mumkin
Tegishli qonun loyihasi Davlat Dumasiga kiritildi.

Foto: Kommersant’
«Spravedlivaya Rossiya — Za pravdu» fraksiyasi tomonidan Davlat Dumasiga mehnat migrantlarining maktab va maktabgacha ta’lim, tibbiyot va farmatsevtika, yo‘lovchilarni tashish, shuningdek, «o‘rtacha daromaddan yuqori daromad keltiradigan yoki Rossiya fuqarolarining talabi yuqori bo‘lgan faoliyatning ayrim turlari» bilan shug‘ullanishni taqiqlash haqidagi qonun loyihasi kiritildi. Loyihada migrantlarga kuriyerlik (daromad oyiga 100-120 ming rubldan oshadi) bilan shug‘ullanishni taqiqlash haqidagi band ham bor.
Qonunning tushuntirish xatida ta’kidlanganidek, ta’lim sohasida ishlashni istagan chet el fuqarolari «an’anaviy rus qadriyatlarini yosh avlodga yetkazish uchun zarur tajriba, qadriyat va madaniy tajribaga ega emas». Bundan tashqari, qonun loyihasi tashabbuskorlarining fikriga ko‘ra, «faqat o‘z mamlakatida doimiy yashovchi Rossiya fuqarosi» ushbu «an’anaviy qadriyatlarni, shu jumladan oilaviy, madaniy va vatanparvarlik qadriyatlarini» yosh avlodga yetkazishi mumkin.
Qonun loyihasi mualliflarining fikricha, xorij fuqarolari tibbiyot va farmakologiya sohasida ishlash uchun yetarli tayyorgarlik darajasiga ega emas. Tibbiy va farmakologik xizmatlar sifatiga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu tibbiyot mutaxassisi, farmatsevt va hamkasblar o‘rtasidagi muloqot natijasida yuzaga keladigan dori vositasini to‘g‘ri tashxislash va aniqlash. Xorijliklar buni bajara olishiga shubha bildirilgan.
Deputatlarning fikriga ko‘ra, chet elliklarning tibbiy va farmakologik faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini cheklovchi uchinchi omil - bu «Rossiya fuqarosi javobgarligi darajasiga nisbatan chet el fuqarosining shaxsiy, shu jumladan jamiyat oldidagi javobgarligining past darajasi».
Rossiya hududlarida 2015 yildan boshlab migrantlar mehnatiga cheklovlar joriy etilmoqda, dastlab bunday qarorni Perm o‘lkasi va Mari-El Respublikasi hukumatlari qabul qilgan.
Hozirgi vaqtda cheklovlar Rossiyaning taxminan har uchinchi mintaqasida qo‘llaniladi. 2024 yilda Rossiyaning 17 ta hududida cheklovlar (shu jumladan Tomsk viloyati) joriy etildi: Trans-Baykal o‘lkasi, Nenets avtonom okrugi, Nijniy Novgorod, Smolensk, Samara, Kemerovo, Voronej, Tula, Magadan, Kurgan, Novosibirsk, Novgorod, Kursk, Saratov, Lipetsk va Kostroma viloyati. Bundan tashqari, anneksiya qilingan Qrimda ham migrantlarning mehnatiga cheklovlar joriy etilgan. Aksariyat hududlarda migrantlarga taksi sohasida ishlash taqiqlangan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

20:26 / 05.04.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

13:53 / 05.04.2025
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Rossiya elchisi bilan uchrashdi

13:27 / 05.04.2025
Rossiyada yirik nemis farmatsevtika kompaniyasining zavodi musodara qilindi

13:07 / 05.04.2025