Çorşanba kuni Hamas öz siyosiy yetakçisi Ismoil Haniya Tehrondagi qarorgohida isroilliklar zarbasi oqibatida halok bölganini ma’lum qildi.
62 yoşli Haniya falastinliklar guruhining asosiy yetakçisi va mafkuraçisi hisoblanardi.
«Birodarimiz, yetakçi, harakat rahbari va mujohid bölgan Ismoil Haniya Eronning yangi prezidentining inauguratsiya marosimida iştirok etganidan keyin sionistlarning uning Tehrondagi ştab-kvartirasiga uyuştirgan hujumi oqibatida halok böldi», — deyiladi Hamas bayonotida.
Haniyaning ölimi haqida Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi ham xabar qilgan. Korpus saytidagi xabarda Hamas yetakçisi bilan birgalikda uning tansoqçisi ham halok bölgani aytiladi.
Haniyaning ölimi Isroil Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan Livandagi «Hizbulloh» guruhining asosiy harbiy qömondonlaridan biri öldirilgani haqida e’lon qilganidan bir kun ötmasdan röy berdi va kuzatuvçilar bu Yaqin Şarqda uruş avj olişiga olib kelişi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.
Hozirça Hamas yetakçisi ölimiga olib kelgan zarba aynan qanday yöllangani borasida tafsilotlar oçiqlanmayapti.
Eron naşrlari ma’lumotiga köra, hujum mahalliy vaqt bilan tungi soat ikki atrofida, Haniya Tehrondagi uruş faxriylari uçun uyda bölib turganida yöllangan. Ayrim ma’lumotlarga köra, u aviazarba qurboni bölgan.
Isroil hozirça hodisa yuzasidan izoh bermayapti, ammo 2023 yil 7 oktyabr voqealaridan keyin mamlakat hukumati falastinliklarning uşbu guruhini tugatişga bel boğlagandi.
Arab naşrlarida esa Haniya raketa kelib tuşişi oqibatida halok bölgani aytilmoqda, ammo bu ma’lumot rasmiy tasdiqqa muhtoj.
Haniyaning ölimiga qanday reaksiya qilinmoqda?
Hamas siyosiy byurosi a’zosi Muso Abu Marzuq buni «javobsiz qolmaydigan» «jirkanç harakat» deb atadi, guruhning boşqa bir yuqori martabali vakili Sami Abu Zuhri taşkilot «öz yölida davom etişi»ni aytdi.
Hamasning Ğazodagi boşqa bir yuqori martabali vakili BBC muxbiri Ruşdiy Abualuf bilan suhbatda şunday degan: «Hamas bu— ğoya, Hamas bu— mafkura. Va yetakçining öldirilişi Hamasni özgartira olmaydi, Hamasni taslim böliş yoki yangi yon berişlarga borişga majbur qila olmaydi».
Falastinliklarning WAFA agentligi xabar qilişiça, Iordanning Ğarbiy sohilidagi Falastin muxtoriyati rahbari Mahmud Abbos ham Haniyaning öldirilişini keskin qoralagan.













