Huquqşunoslik fanidan imtihonlarda abituriyentlardan Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning sanksiyalar qismi söralgani va bu imtihon ötkaziş qoidalariga zid ekani jamoatçilik orasida muhokamaga sabab bölgan edi. Kun.uz holatga munosabat bildirişini sörab adliya va huquq sohalarida faoliyat olib borayotgan mas’ullar bilan boğlandi.
Mas’ullarga davlat imtihonlari testlarida abituriyentlardan qaysidir qilmiş uçun JK va MJtKda qanaqa jazo belgilangani, ya’ni sanksiyalar söralgani aytilayotgani va maktabni bitirgan öquvçidan buni söraş qançalik töğri, degan savol bilan murojaat qilindi.
Toşkent davlat yuridik universitet rektori Islombek Rustambekov bu masalalar böyiça hozirda TDYuU va Adliya vazirligi tomonidan işçi guruh tuzilib örganiş taşkil etilayotganini ma’lum qildi.
“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan tegişli ma’lumotlar olinib örganiladi hamda qonuniy xulosa qilinadi. Aniq baho beriş uçun nizom talablarini körib çiqiş, test savollari hamda maktablarda öqitiladigan dasturlar, ulardagi adabiyotlar va mavzularni tahlil qilib xulosa qiliş kerak böladi”, – dedi u.
JK va MJtKda qanaqa jazo belgilangani, ya’ni sanksiyalarni töliq esda saqlaşning imkoni bor deb hisoblaysizmi, degan savolga rektor şunday javob berdi.
“Ayrim muhim moddalarni eslab qoliş tabiiy, lekin töliq bilib bölmaydi, bilişga zarurat ham yöq”, – dedi u.
Sudyalar oliy maktabi matbuot xizmati vakili esa ularda Bilimlarni baholaş agentligi faoliyatiga baho beriş huquqi yöqligini ma’lum qildi.
Adliya vazirligi matbuot xizmati yuqoridagi masalaga Oliy ta’lim vazirligi mas’ul ekanini aytiş bilan çeklangan bölsa, Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi Kun.uz savolini oçiq qoldirdi.
Eslatib ötamiz, davlat imtihonlariga kirib test yeçib çiqqan abituriyentlar ularga darslikka kiritilmagan savollar tuşganidan şikoyat qilişgan edi. Şuningdek, abituriyentlardan JK va MJtKlarining sanksiyalar qismidan ham ma’lumotlar söralgani aytilgan. Bu esa Bilimlarni baholaş agentligi tavsiya qilgan adabiyotlar röyxatida uçramaydi. Şundan keyin agentlik rasmiy bayonot bilan çiqdi. Unda savol tuzişda qonun hujjatlariga belgilangan tartibda özgartiriş kiritilganda qonunning asl manbayi – lex.uz saytiga murojaat qilinadi deyilgan. Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev agentlik şu jumlani notöğri talqin qilyapti degan fikrda ekanini aytib, bayonotni yolğon deb atagandi.












