Putinning Trampga suiqasdga qanday munosabat bildirgani ma’lum bo‘ldi
Rossiya rahbarini AQSh xavfsizlik xizmati xodimlarining bunga yo‘l qo‘ygani ajablantirgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin siyosatchi Donald Trampga suiqasd uyushtirilganidan «juda hayratda» qoldi. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
«Ehtimol, aytishimiz mumkinki, [Putin] juda va juda hayratda qoldi, chunki saylovlar davomida siyosiy kurash ishtirokchilarini himoya qilish darajasini hisobga olgan holda, ayniqsa, AQSh kabi davlatda, albatta, hozir bunday xavf va tahdidlarni minimallashtirish kerak. Va, albatta, bunday hujumlar, ularni hech kim ma’qullay olmaydi. Hamma ularni qat’iy rad etadi va qoralaydi», dedi u.
Peskovning qo‘shimcha qilishicha, Donald Trampga suiqasd kabi hujumlarni hech kim ma’qullay olmaydi.
«Albatta, bunday hujumlarni hech kim ma’qullay olmaydi, hamma ularni qat’iy inkor etadi, rad etadi va qoralaydi», dedi Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Trampga suiqasdga munosabati haqidagi savolga javob berar ekan.
AQSh prezidentligiga respublikachi nomzodga suiqasd 13 iyul kuni Pensilvaniyada bo‘lib o‘tgan mitingda sodir bo‘ldi. Tramp qulog‘idan yaralandi.
Hujum qilgani taxmin qilinayotgan shaxs Trampni qo‘riqlayotgan AQSh Maxfiy xizmati snayperi tomonidan otib o‘ldirildi. FQB 20 yoshli Tomas Kruks o‘t ochganini ma’lum qildi.
Suiqasddan keyin AQSh Maxfiy xizmati saylov kampaniyasi tugaguniga qadar Trampning xavfsizligini kuchaytirdi. Mamlakat ichki xavfsizlik departamenti rahbari Alexandro Mayorkas voqeani xavfsizlik xizmatining muvaffaqiyatsizligi deb atadi va mustaqil tergov o‘tkazishga va’da berdi.
Mavzuga oid
09:00
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz
07:55
WP: Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
18:58 / 10.11.2024
Tramp Kamala Harrisga 20 mln dollar qarzini uzish bo‘yicha yordam taklif qildi
13:30 / 10.11.2024