HAMAS yetakchisining o‘ldirilishi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarga yordam bermaydi - Bayden
Bayden HAMAS rahbari o‘ldirilishiga birinchi marta izoh berdi.
AQSh prezidenti Jo Baydenning aytishicha, HAMAS yetakchisi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi G‘azo sektorida ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarga «yordam bermaydi».
Haniya HAMAS harakatining eng yuqori martabali amaldori bo‘lib, o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olingan isroilliklarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarda faol ishtirok etgan. U Tehronda bomba portlashi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Eron ushbu qotillikda Isroilni aybladi.
Bayden Yaqin Sharqdagi keskinlik ortib borayotganidan «juda xavotirda» ekanini aytdi. «Bizda o‘t ochishni to‘xtatish uchun asos bor. U [Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu] buni boshlashi kerak va ular [HAMAS] buni hozir boshlashi kerak».
Yaqinda Isroil va HAMAS G‘azodagi urushda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha dastlabki bilvosita muzokaralarni qayta boshlagan edi, biroq muzokaralardagi taraqqiyot haqida ziddiyatli xabarlar mavjud.
May oyi oxirida Bayden Isroilning o‘t ochishni to‘xtatish taklifi shartlarini aytgan edi. Shundan beri bu HAMAS va Isroil o‘rtasida Qatar, Misr va AQSh vositachi bo‘lgan davriy bilvosita muzokaralar uchun asos bo‘ldi.
Bayden HAMAS rahbari o‘ldirilganidan keyin bu borada birinchi marta izoh berdi.
U Netanyahu bilan avvalroq gaplashganini va Isroilni «Erondan kelayotgan barcha tahdidlardan» himoya qilishga va’da berganini aytdi.
Mavzuga oid
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
16:25 / 09.11.2024