Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqara: Muzokarachilarni o‘ldirish va diplomatlar tahdidi bilan tinchlikka erishib bo‘lmaydi
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Isroil TIV rahbarining harakatlariga munosabat bildirdi.
Foto: AP
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Katsning ijtimoiy tarmoqlarda turk diplomatlariga qarshi qaratilgan nashriga munosabat bildirdi.
«Muzokarachilarni o‘ldirish va diplomatlar tahdid qilishi bilan tinchlikka erishib bo‘lmaydi», deb yozdi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ondjyu Kecheli X ijtimoiy tarmog‘ida.
Tehronda HAMAS siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi ortidan Turkiyada e’lon qilingan bir kunlik milliy motam munosabati bilan Tel-Avivdagi Turkiya elchixonasi va Quddusning Falastin nazoratidagi qismidagi mamlakat bosh konsulligida bayroqlar tushirildi.
Shundan so‘ng Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats ijtimoiy tarmoqlarda turk diplomatlariga qarshi qaratilgan nashrni chop etdi.
Mavzuga oid
19:13
Isroil Falastin yerlarining «de-fakto anneksiyasi»ni tezlashtirdi
19:09
Yuzlab o‘zbekistonliklar Isroilning G‘azoga qarshi urushida qatnashgan – OAV
15:42 / 13.02.2026
Isroilga qurol: Germaniya konstitutsiyaviy sudi shikoyatni qabul qilmadi
16:15 / 01.02.2026