AQSh uchinchi jahon urushi sharoitida Rossiya va Xitoyga qanday qarshilik qilishini aniqlashtirib oldi
AQShdagilar aynan hozirgi paytda Ukrainada uchinchi jahon urushi boshlanish-boshlanmaslik masalasi hal bo‘layotgani ta’kidlashgan. Bir vaqtning o‘zida, Amerika hokimiyatidagilar eng yomon ssenariyda Rossiya va Xitoyga qarshi bir o‘zlari mustaqil kurasha olmasligini qayd etishgan.
Kongressdagilar AQSh mamlakatning mudofaa qobiliyatini oshilish uchun bir qator qadamlarni tashlashi kerakligidan ogohlantirmoqda. Bu Kongressning milliy mudofaa strategiyasi bo‘yicha komissiyasining hisobotida aks etgan.
Pentagon o‘z doktrinasga ko‘ra faqat bitta kuchli raqibga qarshi kurasha oladi, bir vaqtning o‘zida ham Rossiya, ham Xitoyga qarshi qarshi turish uchun Amerika qo‘shinlarida imkoniyat kam. Hisobotda qayd etilishicha, uchinchi jahon urushi boshlangan taqdirda AQSh ittifoqchilarning yordamiga tayanishga majbur bo‘ladi.
Shuningdek, milliy mudofaa strategiyasi bo‘yicha komissiya AQSh to‘qnash kelgan global tahdidlar 1945 yildan buyon eng xavfli ko‘rinishga kelganidan ogohlantirgan. Bir vaqtning o‘zida Vashington kuchlar muvozanati to‘xtovsiz Xitoy tomonga og‘ib borayotganining oldini olish uchun qat’iy qadamlar tashlashni tavsiya etmoqda.
Hisobotda shuningdek mojarolarning yangi ko‘rinishi va texnologiyalarning jangovar harakatlarga tezkor integratsiyasi bo‘lishi kontekstida Rossiya-Ukraina urushi tilga olingan. Komissiyaning qayd etishicha, keng ko‘lamli mojarolar mudofaa sanoati kompleksi imkoniyatlarining juz’iy o‘stirilishini, shuningdek, zamonaviy shart-sharoitlarda eski qurol-yarog‘lardan foydalanishni talab qiladi.
Bundan tashqari, hisobotda aytilishicha AQSh mudofaasi uchun xarajatlar o‘sib borayotgan budjet taqchilligini oshirib yubormasligi kerak. Shu sababli ular yangi soliqlar joriy etish, qisqartirilishi talab etiladigan ijtimoiy ehtiyojlar uchun xarajatlarni isloh qilish bilan bab-baravar olib borilishi lozim.
Milliy mudofaa strategiyasi bo‘yicha komissiya Amerikaning joriy harbiy doktrinasi eskirgani va risklarni aylanib o‘tishga majbur qilishiga urg‘u bergan. Shu sababli AQSh hukumatiga katta xarajatlarni talab etuvchi uzoq muddatli ishlanmalardan voz kechish va ommaviylikka e’tiborni kuchaytirish tavsiya etilgan.
“AQSh Mudofaa vazirligi kechiktirmasdan barcha asosiy qurollanish tizimlarini manyovrlik, moslashuvchanlik va uzoqroq yashab qolish bo‘yicha qayta ko‘rib chiqishi kerak. Yana bir jang maydoniga aylanuvchi kosmik va kibermuhit sohasidagi mudofaa uchun ko‘proq pul tikish kerak”, — deyiladi hisobotda.
Hujjatda qayd etilishicha, Amerika qo‘shinlari havo hujumidan mudofaa sohasida, pilotsiz parvoz qurilmalariga qarshi kurashish, radioelektron kurash imkoniyatlari va uzoq masofaga o‘t ochish bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini kengaytirishi lozim. Bu holda, dengizdagi qarama-qarshiliklarda AQSh flotning pilotsiz platformalarning uzoq masofani nishonga oladigan o‘q-dorilar bilan yopirilma zarba bera olish imkoniyatlariga tayanishi kerak bo‘ladi.
Ukrainadagi urush masalasida milliy mudofaa strategiyasi bo‘yicha komissiya AQSh tajriba oshirish va zamonaviy jang maydonida yangi texnologiyalarni faol joriy etish vajidan o‘z ishtirokini yanada kengaytirishi lozimligini qayd etgan.
Mavzuga oid
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
21:00 / 12.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun uy-joy ijarasi qoidalari kuchaytiriladi
18:44 / 12.11.2024