Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hasanboy Do‘smatov Olimpiada finaliga chiqdi
Bu uning faoliyatida Olimpiadalardagi ikkinchi final.
Yozgi Olimpiya o‘yinlari boks musobaqasida o‘zbekistonlik bokschilardan Hasanboy Do‘smatov yarimfinal bahslarini boshlab berdi.
-51 kg vaznda Rio Olimpiadasi chempioni hisoblangan Do‘smatov Kabo-Verde vakili Daniel De Pinaga qarshi jang qildi va uch raundda ham hakamlar ustunlikni unga berishdi (5:0).
Shu tariqa, u o‘z faoliyatida ikkinchi marta Olimpiada finaliga yo‘llanma oldi va endi 9 avgust kuni fransiyalik Bilol Bennamaga qarshi oltin uchun jang qiladi.


Hasanboy Do‘smatov Parijdagi turnirni puerto-rikalik Lopez de Jyesus Huanmaga qarshi jangda g‘alaba qozonish bilan boshlagan, chorakfinaldagi og‘ir jangda esa qozog‘istonlik Saken Bibossinovni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Ma’lumot uchun, bungacha o‘zbekistonliklardan Abdumalik Xalokov (-57 kg ), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-71 kg), Lazizbek Mullojonov (-92 kg) va Bahodir Jalolov (+92 kg) ham yarimfinal masalasini ijobiy hal qilishgandi. Lazizbek Mullajonov tez orada tojikistonlik raqibi bilan final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
20:33 / 13.03.2026
Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi navbatdagi jangini Bishkekda o‘tkazadi
00:24 / 02.03.2026