Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara suv toshqini tufayli yuvilib ketgani ma’lum bo‘ldi
Afg‘oniston chegaralar yangi strategiya bo‘yicha qayta tiklanishini ma’lum qildi.

Foto: Wikimedia
Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara suv toshqini tufayli yuvilib ketgan va u qaytadan aniqlanadi. Bu haqda Afg‘oniston Energetika va suv resurslari vaziri vazifasini bajaruvchi Abdullatif Mansur ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, suv toshqini tufayli noaniq bo‘lgan Afg‘oniston bilan Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi chegaralarni belgilash yangi strategiya bo‘yicha amalga oshiriladi.
Mansurning aytishicha, Afg‘oniston rahbari ko‘rsatmalari asosida tuzilgan reja Ichki ishlar, Mudofaa vazirligi, Razvedka bosh boshqarmasi va Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
«Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegaralarimiz suv toshqinlari tufayli yuvilib ketdi. Muhimi shundaki, biz o‘tmish chegaralarini belgilash bo‘yicha muhim ishlarni amalga oshirmoqdamiz va yigirma kun avval bu masalani Afg‘oniston rahbari bilan muhokama qildik», dedi u.
Vazir chegaralarni tiklash bo‘yicha yangi strategiya qanday bo‘lishiga aniqlik kiritmadi.
Shu bilan birga, Mansur Afg‘onistonning suv boshqaruvi va energiya ishlab chiqarishga bo‘lgan ehtiyojini ta’kidlab, bu borada yirik to‘g‘onlarni qurish, suv, shamol va quyosh resurslaridan foydalanish orqali o‘zini o‘zi ta’minlashga erishishni maqsad qilganini aytdi.
Shuningdek, Afg‘oniston rasmiysi suv resurslarini boshqarish qo‘shni davlatlarga zarar keltirmasligini ta’kidladi.
«Bizning hech bir harakatimiz qo‘shnilarimizga zarar yetkazishga qaratilmagan va biz qo‘shnilarimizga zarar yetkazish uchun o‘zimizga tegishli ulushdan ko‘proq suv sarflaganimiz yo‘q va shunday qilish niyatimiz ham yo‘q», dedi Energetika va suv resurslari vazirligining katta maslahatchisi Faruq A’zam.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

16:42 / 14.07.2025
Afg‘oniston xalqaro miqyosda tan olinishi uchun barcha shartlarni bajarganini e’lon qildi

20:36 / 08.07.2025
Xalqaro jinoiy sud «Tolibon» rahbarlarini hibsga olishga order berdi

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

15:10 / 07.07.2025