Isitma — turli kasalliklar belgisi, ammo tibbiyotda alomatlarsiz tana harorati kötarilişi holatlari ham uçrab turadi. Bu vaziyatda yangliş taşxis va notöğri muolaja bemorning salomatligini xavf ostida qoldirişi mumkin, deb ma’lumot berdi Soğliqni saqlaş vazirligi.
Respublika ixtisoslaştirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Ilmira Razikova sözlariga köra, xuddi şunday patologiyalardan biri — dori isitmasi hisoblanadi.
— Har bir inson organizmi individual xususiyatga ega, — dedi mutaxassis. — Şu sababli bir dori vositasi ikki bemorga ikki xil ta’sir körsatişi mumkin. Biri şu malham tufayli kasallikdan xalos bölsa, boşqasi salomatligini xavf ostida qoldirişi heç gap emas.
Qayd qilinişiça, dori isitmasi organizmning qabul qilingan ma’lum preparatlarga nisbatan javob reaksiyasi sifatida namoyon böladi. Bundan asosan özboşimçalik bilan, şifokor tavsiyasisiz turli dori-darmonlarni qöllovçilar aziyat çekişi ehtimoli katta.
Ta’kidlanişiça, bunday sindrom odatda ma’lum bir dorini qabul qila boşlagandan söng 7-10-kunlar oraliğida yuzaga keladi. Bemor doimiy yoki vaqti-vaqti bilan kötarilib turuvçi isitmadan aziyat çekadi. Oqibatda bora-bora tana harorati 39-40 darajaga yetib, kuçli titroq paydo böladi. Qon tarkibida eozinofillar (leykotsitlar) soni ortib ketişi kuzatiladi. Vaqt ötişi bilan isitmadan taşqari tanada dorilarga nisbatan yuqori sezuvçanlik alomatlari bölgan «eşak yemi», purpura, qizil toşmalar paydo böladi. Ba’zi hollarda mazkur patologiya yanada oğirroq asoratlar — arteriit, eksfoliativ dermatit, gemolitik anemiya, qonda trombotsitlar miqdori kamayişi bilan keçadi. Bunday simptomlar toki öşa preparatni qöllaş töxtatilgunga qadar davom etadi.
«Tibbiy amaliyotda dori isitmasini aniqlaş birmunça murakkab jarayon. Buni barça şifokorlar ham töğri taşxislay olmaydi. Oqibatda notöğri buyurilgan muolaja ayrim dorilarga yuqori sezuvçanligi bölgan bemorlar ahvolini yanada oğirlaştirib yuborişi xavfi mavjud», dedi mutaxassis.
Şifokor sözlariga köra, köpinça dori isitmasiga sulfanilamidlar, antibiotiklar, talvasa (sudorogi) va yalliğlanişga qarşi preparatlar, zardoblar, yurak-qon tomir hamda markaziy asab tizimiga ta’sir körsatuvçi dorilar hamda tarkibida yod saqlovçi kontrast moddalar sabab böladi. Ba’zi hollarda yalliğlanişga qarşi nosteroid dorilar, aspirin va uning analoglari, qolaversa, turli vitaminlar ham xastalikni qözğatiş xususiyatiga ega.












