Parij Olimpiadasida sport kuraşlari böyiça bahslar ham boşlandi. Musobaqaga Özbekiston 7 nafar kuraşçi bilan kelgan.

Yunon-rum kuraşi

Yunon-rum kuraşida 5-8 avgust kunlari erkaklar örtasida 6 ta vaznda bellaşuvlar ötkazilişi rejalaştirilgan. Özbekistondan 3 ta vaznda iştirokçi bor edi:

-60 kg: Islom Bahromov

-77 kg: Aram Vardanyan

-97 kg: Rustam Assakalov

Bellaşuvlarni -60 kg vaznda Islom Bahromov boşladi. Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurod Tasmuratovning şogirdi bölgan samarqandlik kuraşçi 1/8 finalda qoçoqlar jamoasi vakili Jamol Valizodani 9:0 hisobida yengdi, ammo çorakfinalda KXDR a’zosi Se Ung Riga mağlub böldi va musobaqani medalsiz yakunladi.

6 avgust kuni -77 kg vaznda Aram Vardanyan Olimpiadadagi debyutini ötkazadi. Yerevanda tuğilgan kuraşçi 2010 yildan beri Özbekiston jamoasi nomidan musobaqalarda qatnaşadi. Aram 2019 yilgi jahon çempionatida kumuş medalni qölga kiritgan, ikki bor Osiyo çempionatida bronza medaliga sazovor bölgan.

Vardanyan 1/8 finalda misrlik Mahmud Abdulrahmonga qarşi gilamga çiqadi. Agar çorakfinalga çiqsa, 1-raqamda saralangan, yaponiyalik Osiyo çempioni Nao Kusakaga duç kelişi mumkin. Bu vaznda jahon va uç karra Yevropa çempioni Malxas Amoyan (Armaniston), Tokio Olimpidasi kumuş medali sohibi Akjol Mahmudov (Qirğiziston), Yevropa çempioni Sanan Sulaymanov (Ozarboyjon) ham bor.

-97 kg vaznda jamoa «oqsoqoli» Rustam Assakalov uçinçi Olimpiadasida iştirok etadi. Krasnodarda tuğilgan sportçi 2012 yildan beri Özbekiston kuraş jamoasi a’zosi. U qit’a çempionatlarida 3 ta oltin, 2 ta kumuş va 2 ta bronza medallariga ega çiqqan. Jahon çempionatlarida esa kumuş va bronza medallari sohibi bölgan. Katta ehtimol bilan Parij-2024 40 yoşli kuraşçi uçun sönggi yirik musobaqa böladi.