Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Mudofaa vazirligi: bir kunda to‘rtta SCALP-EG qanotli raketalari va 43 ta dron urib tushirildi
«Maxsus operatsiya» paytida havo mudofaa tizimlari 6 ta ATACMS raketalarini va 4 ta SCALP-EG qanotli raketalarini urib tushirdi.
Rossiya havo mudofaasi bir sutkada to‘rtta SCALP-EG havodan uchiriladigan qanotli raketa va 43 ta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi. Bu haqda 5 avgust, dushanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
«Havo hujumidan mudofaa tizimlari AQShda ishlab chiqarilgan oltita ATACMS operativ-taktik raketalarini, to‘rtta Fransiyada ishlab chiqarilgan SCALP-EG havodan uchiriladigan qanotli raketalarni, AQShda ishlab chiqarilgan yettita HIMARS reaktiv snaryadlarini, Fransiyada ishlab chiqarilgan Hammer boshqariladigan bombani va 43 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini urib tushirdi», - deyiladi xabarda.
Shuningdek, Rossiya Qurolli kuchlarining aviatsiya, artilleriya va dron ekipajlari 132 ta hududdagi yonilg‘i-moylash materiallari, dushman ishchi kuchi va harbiy texnikasi to‘plangan ikkita omboriga zarba bergan.
Mavzuga oid
08:55 / 23.05.2026
Dunyodagi eng yirik raketa yana fazoga parvoz qildi
21:32 / 20.05.2026
Turkiya qit’alararo raketasini ko‘z-ko‘z qildi. Yana qaysi davlatlar bunday qurilmaga ega?
08:40 / 13.05.2026
Eronning 70 foiz raketa arsenali saqlanib qolgan - NYT
09:51 / 06.05.2026