Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TikTok mukofotlash dasturini YeIdagi ilovalaridan olib tashlaydi
TikTok ijtimoiy tarmog‘i Yevrokomissiya talablarini qondirdi va YeIda o‘z ilovalarida mukofotlash dasturidan foydalanmaslikka va’da berdi.
Yevropa komissiyasi (YeK) TikTok onlayn platformasiga TikTok Lite ilovasidagi mukofotlash dasturini bekor qilishni buyurdi, chunki u Yevropa raqamli xizmatlar qonuni (Digital Services Act, DSA)ni buzadi. Bu haqda 5 avgust, dushanba kuni YeK rasmiy saytida chop etilgan xabarda aytiladi.
Mukofot dasturi foydalanuvchilarga video tomosha qilish, layk bosish, obuna bo‘lish va do‘stlarni taklif qilish kabi ma’lum «topshiriqlar»ni bajarganlik uchun ball to‘plash imkonini beradi. Yevropa komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, dastur «birinchi navbatda, platformalarning, ayniqsa bolalarga qaramlik ta’siri bilan bog‘liq xavflarni chuqur baholamasdan va xavflarni kamaytirish bo‘yicha samarali choralar ko‘rmasdan» boshlangan.
Yevrokomissiyaning TikTok’ga qarshi tekshiruvlari
YeK press-reliziga ko‘ra, TikTok ijtimoiy tarmog‘i mukofotlash dasturini Yevropa Ittifoqidagi ilovalaridan butunlay olib tashlashga va bu taqiqni chetlab o‘tadigan boshqa dasturni ishga tushirmaslikka va’da berdi. Ushbu majburiyatlarga rioya qilmaslik Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunni buzishga va jarimaga olib kelishi mumkin, deyiladi xabarda. Ushbu qaror bilan Yevropa komissiyasi Ispaniya va Fransiyada TikTok Lite ilovasi ishga tushirilgandan ko‘p o‘tmay, 22 aprel kuni ijtimoiy tarmoqqa qarshi ochilgan rasmiy sud jarayonini yopdi.
19 fevralda boshlangan TikTok bo‘yicha yana bir tekshiruv davom etmoqda. Bryusselga ko‘ra, u «voyaga yetmaganlarni himoya qilish, reklama shaffofligi, tadqiqotchilarning ma’lumotlarga kirishi va o‘ziga qaram dizayn va zararli kontent bilan bog‘liq xavflarni boshqarishga» qaratilgan. Agar TikTok DSA qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilsa, ijtimoiy tarmoq global aylanmasining 6 foizigacha jarimaga tortiladi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy qilindi
Jahon | 22:15
-
Yevropa bo‘ylab hujumlarda ishtirok etgan rossiyalik hakerlar guruhi qo‘lga olindi
Jahon | 22:11
-
Tesla yangilangan Model Y elektromobilini taqdim qildi
Fan-texnika | 21:47
-
Qashqadaryoda «metan zapravka»dagi portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:53
Mavzuga oid

10:03
YeIning yangi sanksiyalari Rossiya nefti narxini 15 foizga tushirishi mumkin

09:51
YeI kengashi Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini qabul qila olmadi

15:16 / 15.07.2025
YeI AQShga qarshi 72 mlrd yevrolik javob bojlarini tayyorladi

09:39 / 15.07.2025