Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI kengashi Ukrainaga 4,2 mlrd yevro ajratishni ma’qulladi
Mablag‘lar Ukrainaning makromoliyaviy barqarorligini va uning davlat boshqaruvi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Bu yil Yevropaning Kiyevga moliyaviy yordami miqdori 12 milliard yevroga yetadi.
Yevropa Ittifoqi kengashi Kiyevga Ukrainaga yordam jamg‘armasidan 4,2 milliard yevro ajratishni ma’qulladi. Bu haqda joriy yilning ikkinchi yarmida Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Vengriya 6 avgust, seshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. Ushbu qaror Ukrainaning makromoliyaviy barqarorligini va uning davlat boshqaruvi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, deyiladi bayonotda.
17 iyul kuni Yevrokomissiya ushbu mablag‘larni ajratishni qo‘llab-quvvatladi. Unga ko‘ra, mexanizm doirasida Rossiyaning hujumi aks ettirayotgan Ukrainaga moliyaviy yordam miqdori joriy yilda 12 milliard yevroga yetadi.
YeI kengashi 2024 yil fevralida Ukrainaga 50 milliard yevrolik Yevropa yordam jamg‘armasini tashkil etishni ma’qulladi. To‘rt yilga – 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan ushbu mablag‘lar grant va kreditlar ko‘rinishida berilishi rejalashtirilgan. Ular Ukraina davlatining qisqa muddatli ehtiyojlarini ham, mamlakatni qayta qurish va modernizatsiya qilish bo‘yicha o‘rta muddatli vazifalarni hal qilishni ham ta’minlashi kerak.
Bir kun avval AQSh Jahon bankining PEACE in Ukraine dasturi orqali Ukrainaga 3,9 milliard dollar miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatgan edi.
Mavzuga oid
16:13 / 22.06.2026
Ukraina Voronejdagi mudofaa zavodiga hujum qildi – fotolar
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
11:35 / 21.06.2026
Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish
22:13 / 19.06.2026