Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonunni imzolandi
Qabul qilingan tariflar va to‘lovlar kuchga kirishidan kamida 15 kun oldin e’lon qilinadi. Hech qanday tarif yoki to‘lov orqaga qaytish kuchiga ega emas.
Prezident tomonidan “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonun imzolandi
Qonun elektr energetikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Elektr energetikasi sohasini davlat tomonidan tartibga solishni quyidagilar amalga oshiradi:
➖Vazirlar Mahkamasi;
➖Energetika vazirligi;
➖Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi;
➖Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;
➖mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
Vazirlar Mahkamasi elektr energetikasi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Energetika vazirligi elektr energetikasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Quyidagilar elektr energiyasi bozorining ishtirokchilaridir:
- elektr energiyasi bozori operatori;
- ishlab chiqaruvchi;
- elektr energiyasini saqlash tizimi operatori;
- uzatish tizimi operatori;
- markaziy xarid qiluvchi;
- treyder;
- taqsimlash tizimi operatori;
- ta’minotchi;
- iste’molchi.
Tariflar va to‘lovlarni belgilash uslubiyati hamda uning asosida tartibga solinadigan tariflar va to‘lovlar Energetika bozori regulyatori tomonidan belgilanadi.
Qabul qilingan tariflar va to‘lovlar kuchga kirishidan kamida 15 besh kun oldin e’lon qilinadi. Hech qanday tarif yoki to‘lov orqaga qaytish kuchiga ega emas.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:21 / 03.06.2026
Shveytsariyada yer ostida dunyodagi eng katta batareya qurilmoqda: u quyosh va shamoldan quvvat oladi
10:32 / 03.06.2026
Sho‘rtan GKMni kengaytirish doirasidagi 643 mlrd so‘mlik talon-toroj fosh etildi
10:40 / 01.06.2026